So’nggi yangiliklar

14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  0 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  9 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  12 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  24 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17

Vadim Abramov: "Barcha gollarni qarshi hujumlar tufayli o'tkazib yubordik, o'yin uchun rejamiz umuman boshqacha edi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Barcha gollarni qarshi hujumlar tufayli o'tkazib yubordik, o'yin uchun rejamiz umuman boshqacha edi"

"Andijon" - "Dinamo" uchrashuvidan (3:0) so'ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi bo'limda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limga chiqayotganda umid bordek ko'ringandi, ammo qizil kartochka oldik. CHetlatishdan so'ng jamoani jahli chiqdi, 10 kishi bo'lib yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq to'p darvozaga kirmadi. Barcha gollarni qarshi hujumlar tufayli o'tkazib yubordik. O'yinga rejamiz umuman boshqacha edi. Bir futbolchimizda to'rtinchi sariq kartochka, boshqasida qizil... Navbatdagi o'yin Jizzax jamoasiga qarshi - deya so'z boshladi mutaxassis.


- Bugungi uchrashuvdagi markaziy himoyachilar o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- Birinchi taymdan so'ng ularni almashtirdik. Qanday qilib bunday xatolarga yo'l qo'yish mumkin.

- "Dinamo" Superligada ketma-ket 3 mag'lubiyatini qabul qildi. Bu omadsizliklarga asosiy sabab nima?

- Jarohatlangan futbolchilar ko'p. Ikki tayanch yarim himoyachimiz markaziy himoyada o'ynashmoqda. Ikki braziliyalikda shikastlanish bor. Zaxira etishmayapti.

- Bu mavsum avvalgilaridan yaxshi o'tdi deb o'ylaysizmi?

- Ikki xil taassurot bor. Musobaqada yaxshiroq ishtirok etishimiz, medallar uchun kurashishimiz mumkin edi. Yomon boshladik, keyin formaga kirib oldik. Odatda jamoa Pro ligadan chiqsa ularning vazifasi Superligada jon saqlash bo'ladi.

- Superliga bahslarida Anvar Xojimirzaev o'zini juda yaxshi ko'rsatyapti. Nega u milliy terma jamoaga chaqirilmayapti?

- Bu savolni terma jamoa ustoziga berish kerak. Anvardan ko'nglimiz to'q, balki terma jamoada uning poziciyasida yaxshiroq hujumchi bordir yoki boshqa sabab. Bilmayman.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика