VADA ispan futbolida doping-test yo'qligidan havotirda
10 fev 2017 18:45
Yangiliklar
VADA ispan futbolida doping-test yo'qligidan havotirda
Butunjahon antidoping agentligi Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizonlarida bir yildan beri doping-test yo'qligidan havotirda.
VADA bu muammo bilan FIFA yoki UEFA shug'ullanishini kutgan edi. Ammo ispan sportda sog'liqni saqlash agentligi (AEPSAD) malumotlariga ko'ra, FIFA va UEFA 2016 yilda AEPSAD bilan doping-nazorat bo'yicha shartnoma tuzishni istamagan.
Marca gazetasining malum qilishicha, joriy mavsumda Ispaniyaning birinchi va ikkinchi divizionlarida 452 ta uchrashuv bo'lib o'tgan va faqat 57 marotaba doping-test o'tkazilgan. Demak, Ispaniyaning 1000 nafar futbolchisidan faqat 3 nafari doping-nazoratdan o'tadi.
Fikrlar