Va nihoyat 2 yil deganda “Barselona” darvozasiga penalti belgilandi. Buning uchun 78 ta o'yin kerak bo'ldi
02 mar 2018 09:15
Yangiliklar


Va nihoyat 2 yil deganda “Barselona” darvozasiga penalti belgilandi. Buning uchun 78 ta o'yin kerak bo'ldi
Ispaniya chempionatining 26-turida “Las Palmas” - “Barselona” uchrashuvida kataloniyaliklar darvozasiga penalti belgilandi.
“Las-Palmas” o'yinchisi Xonatan Kaleri o'yinning 48-daqiqasida 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira oldi. SHu tariqa “Barselona”ning ikki yil deganda 78 ta “penaltisiz” o'yinlar seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Bu natija 2016 yil 14 fevralidan boshlangandi. LaLigadagi bunday mutlaq 2 ta bir xil rekord esa “Real”ga tegishli. Jamoa darvozasiga 1953-1956, 1969-1972 yillarda 88 tadan o'yinda penalti belgilanmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar