So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  9 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

UZREPORT TV JCH-2022 Osiyo qitasi saralashi, Osiyo Kubogi, OCHL va OFKning boshqa musobaqalari translyaciya huquqini xarid qildi Yangiliklar

UZREPORT TV JCH-2022 Osiyo qitasi saralashi, Osiyo Kubogi, OCHL va OFKning boshqa musobaqalari translyaciya huquqini xarid qildi

Teglar :  OCHLUzreport TV
UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari bir necha yillardan beri Jahon va Evropaning eng muhim va qiziqarli futbol musobaqalarini muxlislar etiboriga jonli efirda taqdim qilib kelayotganidan xabaringiz bor.

Millionlab o'zbekistonlik futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, UZREPORT TV telekanali O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda o'zbek klublari ishtirok etadigan rasmiy musobaqalar, yani Jahon chempionati saralashi, Osiyo Kubogi, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari, Osiyo chempionlar ligasi, OFK Kubogi translyaciya huquqini xarid qildi.

Endilikda yurtimizdagi muxlislar milliy hamda U-23 terma jamoamizning Jahon chempionati saralash o'yinlari va Osiyo chempionatidagi ishtiroklarinini, shuningdek, Osiyo Kubogidagi uchrashuvlarini, o'zbek klublarining OCHLdagi ishtiroklarini sevimli sharhlovchilari bilan birgalikda UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida jonli efirda tomosha qilish imkoniga ega bo'ladilar.

Malumot uchun, kelasi yil o'tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qiladi.

SHuningdek, futzal ishqibozlari ham telekanallarimiz orqali Osiyo chempionati finallarini tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.
Bundan tashqari, ayollar futboli ishqibozlari ham UZREPORT TV hamda FUTBOL TV orqali ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'yinlarini kuzatib borishlari mumikin.

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari tomonidan translyaciya huquqi xarid qilingan musobaqalar:

1) Osiyo Kubogi-2023

2) JCH-2022 Osiyo saralashining so'nggi bosqichi

3) U-23 Osiyo chempionati (2022 va 2024)

4) Ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2022

5) OFK Birdamlik Kubogi 2024

6) OFK chempionlar Ligasi 2021, 2022, 2023 va 2024-yilgi mavsum (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)

7) OFK Kubogi 2021, 2022, 2023, 2024 (guruh bosqichi, pley-off bosqichi va final)

8) U-20 Osiyo chempionati-2023 finali

9) U-17 Osiyo chempionati-2023 finali

10) Ayolar o'rtasidagi U-20 Osiyo chempionati -2022 va 2024 finallari

11) Ayolar o'rtasidagi U-17 Osiyo chempionati -2022 va 2024 finallari

12) Futzal bo'yicha Osiyo chempionati -2022 va 2024 finallari

13) Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati-2021, 2022, 2023, va 2024 yilgi finallar

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика