So’nggi yangiliklar

20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  0 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  1 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  5 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  37 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  6 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  0 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  35 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0 15:42Польша терма жамоаси бош мураббийи Левандовски билан можародан сўнг истеъфога чиқди  10 15:14"Ал Насср" Жон Дуранни майдон ташқарисидаги муаммолар туфайли ижарага бериши мумкин  0 14:45"Челси" тасвирий санъат асари услубидаги сафар либосини намойиш этди  8 14:17Ҳоланд изидан: "Манчестер Сити" норвегиялик вундеркинд билан шартнома имзолашга яқин  0 13:48СҚБ халқаро мусобақада ғолиб чиқди  0

“UzDongJu” yig'inni boshladi, Abdurashid Ismoilov jamoaga qaytdi Yangiliklar

“UzDongJu” yig'inni boshladi, Abdurashid Ismoilov jamoaga qaytdi

Birinchi liga vakili Andijonning “UzDongJu” jamoasi malum muddatlik tatildan so'ng yig'inni boshladi.

Nozim Mullaoxunov boshqaruvidagi jamoa azolari 18 iyul kuni o'z qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarga kirishdi. Rejaga ko'ra “UzDongJu”ning dastlabki yig'ini 27 iyulga qadara Andijonda davom etadi. Bu vaqt oralig'ida bitta sinov-nazorat o'yini tashkil etiladi. Sparring raqib sifatida “Navbahor” yoshlar jamoasi tanlangan. Mazkur uchrashuv 26 iyul kuni Andijonda o'tishi ko'zda tutilgan. 

Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazayotgan jamoada yangi futbolchilardan Muzaffar Abdullaev va shuningdek “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati”dagi 3-4 nafar iqtidorli yishitlar ishtirok etmoqda. 

Bungacha “Lokomotiv-BFK”da o'ynagan darvozabon Muzaffar Abdullaev ikkinchi bosqichdan andijonliklar sharafini himoya qilishga yaqin turibdi. Boisi murabbiylar shtabi boshqa bir posbon Bekzod Turg'unovga javob berib yuborgan. SHuningdek Damir Jamoldinov, Akmal Yuldashev hamda Xursand Maxammatov ham jamoa bilan xayrlashgan. 

Yana bir yangilik “UzDongJu” murabbiylar shtabida Abdurashid Ismoilov ish boshladi. Muxlislar yaxshi bilsa kerak, ushbu murabbiy ilgari ham ushbu jamoada faoliyat yuritgandi. SHuningdek “Andijon”da ham bir necha mavsum mobaynida ishlagan Ismoilov “UzDongJu”ning ayni paytdagi o'yinchilarini imkoniyatini yaxshi biladi. 

“UzDongJu”ning davralar oralig'idagi ikkinchi yig'ini Toshkentda, Qiziltog' shaharchasida o'tadi. U erda ham 3-4ta sinov-nazorat o'yinlarini o'tkazish rejalashtirilmoqda. Hozircha bu borada “NBU-Osiyo” va “Istiqlol” jamoalari bilan kelishuvga erishgan.    


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика