So’nggi yangiliklar

21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  83 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  196 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  2 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  29 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0

“UzDongYAngKo” jamoasi Andijon viloyati Kubogi sohibi+FOTOGALEREYA Yangiliklar

“UzDongYAngKo” jamoasi Andijon viloyati Kubogi sohibi+FOTOGALEREYA

8 oktyabr, yakshanba kuni Andijon viloyati Kubogi final bahsi bo'lib o'tdi.

“Sog'lom avlod” stadionida ikki finalchi – “UzDongYAngKo” va “SHahrixon” jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuv shiddatli o'tishi oldindan malum edi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Tarkibdagi nomlar borasida shu kuni “UzDongYAngKo” peshqadam edi. Sababi bu jamoa o'z vaqtida oliy va birinchi  liga jamoalarida o'ynagan bir qator futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi. “SHahrixon” esa aksincha asosan yoshlarga etibor qaratishni lozim topganiga guvoh bo'ldik.  Uchrashuv qiziqarli kechdi. Stadionga muxlislarning tashrifi ham u qadar oz bo'lmadi. “UzDongYAngKo” qo'shma korxonasi rahbariyati ham stadionga tashrif buyurib, bevosita uchrashuvni kuzatib bordi. Jamiyat direktori uchrashuv chog'ida futbolchilarini ruhan ko'tarish maqsadida o'ziga xos pul mukofotlarni joriy etib, ularni qiziqtirib bordi. Aytaylik “UzDongYAngKo” jamoasidan birinchi bo'lib gol urgan futbolchi, eng yaxshi himoyachi va eng yaxshi hujumchiga 200 000 so'mdan pul mukofotini elon qildi. “SHahrixon”  jamoasiga esa bu borada asosan muxlislari qo'llab-quvvatlashi bilan  dalda bo'ldi deyish mumkin. SHu kuni SHahrixondan ham ko'plab ishqibozlar tashrif buyurdi.
O'yinda shahrixonliklar biroz ustunlikka erishdi. Ularning bir qator hujumlarini “UzDongYAngKo”ning tajribali himoya qo'rg'oni o'z vaqtida bartaraf etib turdi. Ammo birinchi bo'limda “SHahrixon” baribir o'z maqsadiga erishdi. Ilhom Abdug'aniev aniq zarbasi bilan uchrashuvda hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limda “UzDongYAngKo” o'yinni kuchaytirdi. Natijada Isroil Tursunov va Jahongir Yuldashev (2ta) o'zini ko'rsatib, raqib posbonini o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur qildi. Keyinchalik “SHahrixon” tarkibida zahiradan maydonga tushgan Mirjalol Karimberdiev hisobni qisqartirgan bo'lsa, yakunda boshqa gol qayd etilmadi.
SHu tariqa Andijon viloyat Kubogi “UzDongYAngKo” jamoasiga nasib etdi. Uchrashuvdan so'ng taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda dastlab so'z olgan Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov har ikki jamoaga ham mazmunli va ko'rsatgan  jangavor o'yini uchun minnatdorchilik bildirib, ularga o'z dil izhorlarini bildirib o'tdi. SHundan so'ng Viloyat futbol federaciyasining birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov ham so'zga chiqib, Viloyat Kubogi qatnashchilarini shu ergacha bosib o'tilgan yo'llarini alohida etirof etib, ularni kelgusi faoliyatlarida omad tiladi.
Taqdirlash marosimi dastlab hakamlardan boshlandi. Final bahsini adolatli va shu bilan birga yuqori saviyada boshqarib borgan hakamlar guruhi Andijon viloyati futbol federaciyasi tomonidan diplom va estalik sovg'alar bilan taqdirlandi. SHuningdek har bir jamoaga diplom va estalik sovg'alar taqdim etildi. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Viloyat futbol federaciyasi rahbariyati hamda viloyat futbol fedaraciyasining bir qator qo'mitasi azolari tomonidan har bir amplua bo'yicha “Eng yaxshi o'yinchilar” aniqlandi. Unga ko'ra uchrashuvning “Eng yaxshi darvozaboni” – Bekzod Otaxonov (“SHahrixon”). “Eng yaxshi himoyachi” – Azamat Isaev (“UzDongYAngKo”). “Eng yaxshi yarim himoyachi” – Ilhom Abdug'aniev (“SHahrixon”). “Eng yaxshi hujumchi” – Jahongir Yuldashev  (“UzDongYAngKo”).  “Eng yaxshi futbolchi” – Anvar Abduqodirov  (“UzDongYAngKo”) deb topildi.
Bundan tashqari har ikki jamoa bosh murabbiylari Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi so'nggida Kubok o'z egasiga topshirildi.
SHu tariqa final uchrashuvi va taqdirlash marosimi ko'tarinki ruh ostida yakuniga etdi.   

08.10.2017 yil
Andijon viloyati Kubogi-2017.
“UzDongYAngKo” – “SHahrixon” 3:2 (1:0).
“Sog'lom avlod” stadioni,
229 tomoshabin.

Hakamlar: Temur To'xtasinov - 9,0. Anvar Marajabov- 9,0. Ziyodullo Abdurahmonov- 9,0. Xushnud Suyunboev- 8,0 (barchasi Andijon).
Nazoratchi: Rustam Hamidov (Andijon).

“UzDongYAngKo”: 1. Bobur Tojiboev, 2. Aziz Mahmudov, 3. Azamat Isaev, 4.Salim Rahmatullaev (17. Sardor Nurmatov, 75), 6. Muhummadjon Otajonov, 7. Javlon Hamdamov (8. Jahongir Suyarqulov, 76), 10. Eldor Turopov, 11. Isroil Tursunov, 12. Jahongir Yuldashev (14. Akram Muhammadtohirov, 90), 13. Yodgor Ahmedov, 19. Anvar Abduqodirov (S).
Bosh murabbiy: Sanjar Latipov.

“SHahrixon”: 1. Bekzod Otaxonov, 2. SHoirbek Ro'ziev, 3. Hikmatillo O'rmonov (4. Sardorbek Rahimov, 78), 5. Javohir Jo'raxonov, 8. Ilhom Abdug'aniev, 9. Islomjon Nazirov (18. Ilyos Ergashev, 88.), 10. Bunyodbek Turg'unov (6. Mirjalol Karimberdiev, 64), 11. Doston Ibragimov, 14. Ismoil Anvarbekov, 19. Xursandbek Qosimov (17. Abdulatif Jo'raev, 46), 21. Sanjar Maripov.
Bosh murabbiy: SHuhrat Hakimov.

Gollar: Isroil Tursunov, 47. Jahongir Yuldashev, 64. Jahongir Yuldashev, 69 – Ilhom Abdug'aniev, 35.  Mirjalol Karimberdiev, 86.  

Ogohlantirishlar: Javlon Hamdamov, 45. Abdulatif Jo'raev, 50. Muhammadjon Otajonov, 55. Ismoil Anvarbekov, 62. SHoirbek Ro'ziev, 90+2. Isroil Tursunov, 90+3. 


Islombek Rustambekov.

Foto: Elmurod Ermatov, Baxtiyor Toshtemirov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика