So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Utreradan tashqarida 24 yil yoxud Reyes faoliyatiga nazar Yangiliklar

Utreradan tashqarida 24 yil yoxud Reyes faoliyatiga nazar

Xose Antonio Reyes 1983 yil 1 sentyabrda Sevilya provinciyasi tarkibidagi Utrera munisipalitetida tavallud topdi.

Futbolchi sifatida ushbu shaharchadan tashqarida 24 yil faoliyat olib bordi.

11 yoshida «Seviliya» jamoasi akademiyasiga qabul qilingan bolakay 1999 yil asosiy jamoa safiga qo'shildi. «Seviliya» 2001 yil Ispaniya ikkinchi divizioni hisoblangan Segundada g'alaba qozonib, La liga yo'llanmasini qo'lga kiritishida o'z hissasini qo'shdi.

Uning iqtidorini o'z vaqtida payqagan Arsen Venger uni o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi. Transfer 2004 yilning qishida 17,5 million funt-sterling evaziga amalga oshirildi. Malumot uchun, o'sha yillarda Frenk Lempard 11 million funtga baholanardi. Birgina Reyesning transferi Jermeyn Defo, Maykl Karrik va Glen Jonsonning umumiy narxidan qimmatroq bo'lgandi. Xose Antonio «to'pchilar» safida 2006 yil yoziga qadar to'p tepdi. Bu muddatda mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritib, Evropa chempionlar ligasi finalchisiga aylandi.



«Real»da bir yil ijarada o'ynab, Ispaniya chempioniga aylangan Reyes 2007/2012 yillarda Madridning 2-raqamli jamoasi sharafini himoya qildi. «Matraschilar» safida ikki bor Evropa ligasida g'olib bo'ldi. 2008/09 yilgi mavsumni «Benfika» safida ijara evaziga o'tkazdi.



2012 yil 5 yanvarda «Seviliya»ga o'tdi. Sobiq jamoasiga qaytgan yarim himoyachi qatorasiga 3 marta Evropa ligasida zafar quchdi (2013/16 yillar) va ushbu musobada 5 marta g'olib chiqqan ilk futbolchiga aylandi. 2016/17 yilgi mavsumda «Espanol» sharafini himoya qilgan Reyes mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunladi.



Ammo, 2018 yil yanvaridan boshlab quyi divizion jamoalarida o'ynay boshladi. Dastlab, 2018 yilning yoziga qadar «Kordova»da to'p surdi. Keyin joriy yilning boshiga qadar Xitoy chempionati 2-divizioni sharafini himoya qiladigan Urumchining «Sinczyan Tyanshan Leopard» jamoasida o'ynadi.

Ispaniyaga qaytib, «Estremadura» sharafini 9 bahsda himoya qilishga ulgurgan Xose Antonio Reyes 1 iyunda Utrerada avtomobil halokati natijasida vafot etdi.

O'z shahridan tashqaridagi 24 yillik yorqin faoliyatidan so'ng 35 yoshida ona shahrida vafot etdi.




Fahriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика