Usmon Toshev - Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi
15 noy 2018 10:51
Yangiliklar
Usmon Toshev - Tojikiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi
O'zbekistonlik 53 yoshli Usmon Toshev Tojikiston (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.
Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi. U jamoani 2020 yilgi Osiyo chempionati saralashiga tayyorlaydi. Tojikiston olimpiyachilari 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tadigan saralash bahslarida ishtirok etishadi. Ushbu guruhda O'zbekiston, Hindiston va Pokiston kabi jamoalar bor.
Usmon Toshev yaqin kunlarda o'z ishini boshlaydi. Ushbu murabbiy shu yil iyul oyida O'zbekiston (U-16) terma jamoasi bilan birga CAFA musobaqasida g'olib bo'lgan edi.
Fikrlar