"Usiz JCHdagi g'alaba bo'lmasdi". Grizmann Umtitini qo'llab-quvvatladi
08 jan 2022 09:31
Yangiliklar
"Usiz JCHdagi g'alaba bo'lmasdi". Grizmann Umtitini qo'llab-quvvatladi
"Atletiko"ning franciyalik futbolchisi Antuan Grizmann yurtdoshi, "Barsa"dagi sobiq jamoadoshi Samuel Umtitini qo'llab-quvvatladi.
Tvitterda jurnalist Dide Rustan Erik Abidalning 2016 yildagi intervyusini "repost" qildi. O'shanda futbolchi "Umtiti "Barselona"ning o'z Bekkenbaueri" bo'lishi mumkin" mazmunida intervyu bergan edi. Rustanning fikricha, hozir bu gaplar kulguli tuyulmoqda.
30 yoshli Grizmann esa bunga munosabat bildirdi:
"Samyuelsiz ikkinchi yulduzcha bo'lmasdi". (Gap Franciya terma jamoasining JCH-2018dagi chempionligi haqida ketmoqda. Bu francuzlar uchun JCHlardagi ikkinchi chempionlik edi).
Umtiti yil davomida yaxshi formada edi. Buyog'i murabbiylarning tanlovi. U haqiqiy professional va franciyalik yosh markaziy himoyachilar uchun namunadir", - deb yozdi Grizmann.
Fikrlar