Useyn Bolt doping-test topshirishi kerak
15 okt 2018 15:14
Yangiliklar
Useyn Bolt doping-test topshirishi kerak
Avstraliya antidoping agentligi yamaykalik mashhur sprinter Useyn Boltga doping-test topshirish haqida xabar yubordi.
2017 yilda engil atletikadagi faoliyatini yakunlagan Bolt o'z kuchini futbolda sinab ko'rmoqda. Yamaykalik avgustda Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" klubi bilan mashg'ulot shartnomasini imzolagan edi. Useyn Bolt 12 oktyabr kuni "MakArtur Saut Vest Yunayted" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'zining ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.
"Do'stlar, futbolchi bo'lish uchun englik atletikani to'xtatdim. Doping testdan o'tishim kerak? Hali professional futbolchi emasman.
Hali klub bilan shartnoma imzolamagan bo'lsam, nega test topshirishim kerakligi haqida agentlik vakiliga savol berdim. Menga bu kerakligini aytishdi, chunki yuqori darajali sportchi ekanman. Nima ham derdim, mayli" - deydi Bolt.
Fikrlar