Useyn Bolt: "Men poygada Mbappedan tez yuguraman"
23 apr 21:38
Yangiliklar
Useyn Bolt: "Men poygada Mbappedan tez yuguraman"
Avvalroq franciyalik futbolchi Kilian Mbappening Evropa CHempionlar ligasi doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi o'yin davomida 100 metr masofani 10,90 soniyada bosib o'tgani internet foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo'lgandi.
Parijliklar etakchisi ushbu masofada jahon rekordi sohibi Useyn Boltdan 1,4 soniya (yamaykalik sprinter 9,58 soniyada ushbu masofani bosib o'tgan) ortda qolgandi.
Bolt esa Mbappening ushbu natijasini tahsinga sazovor deb atadi: “Bunday natijaga erishish qiyin. Odamlar buni oson deb o'ylashi mumkin. Ammo u o'ziga xos istedodga ega. Mbappe juda tez. To'p bilan ham shu zaylda harakatlana oladi”.
37 yoshli sprinter "100 metr masofadan iborat poygada hozir ham uni ortda qoldira olasizmi?" degan savolga "Ha, men uni mag'lub eta olaman", deya javob qaytargan.
Franciya Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Terri Anri Mbappeni Parij Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini xohlayotganini aytgandi.
Fikrlar