Urugvay bosh murabbiyi Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikat oldi
16 noy 2019 20:50
Yangiliklar


Urugvay bosh murabbiyi Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikat oldi
Urugvay futbol associaciyasi milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabaresni mukofotlash uchun marosim o'tkazdi.
72 yoshli mutaxassis iyun oyida Urugvay terma jamoa ustozi sifatida 200-o'yinini o'tkazgandi. Bu murabbiylar o'rtasida mutloq rekord hisoblanadi.
SHu munosabat bilan kecha unga Ginnesning rekordlar kitobi sertifikati topshirildi. Bunda 154 futbolchi bilan Tabaresning surati aks etgan portret ham bor.
Tabares Urugvay termasini 1988 yil 27 sentyabrdan 1990 yil 25 iyungacha va 2006 yil 21 maydan hozirgi kunga qadar boshqarib kelmoqda.
2010 yili u terma jamoa bilan JCH-2010 yarim finaliga qadar etib borgan, 2011 yili esa Amerika kubogida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar