So’nggi yangiliklar

15:03"Локомотив" Грузия жамоасидан енгилди  1 15:01Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  107 14:37Клоппнинг агенти: "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" Юргенга мурожаат қилган  1 14:11Италия ҳакамлар корпуси раҳбари "Ювентус" футболчиси майдондан четлатилгани учун узр сўради  0 13:42Расман: "Пахтакор" польшалик форвардни таркибга қўшиб олди  5 13:22"Навбаҳор" клуби ва "Марказий" стадиони раҳбариятида ўзгаришлар юз берди  1 12:59Моуриньюни АПЛ грандларидан бирида кўришмоқчи  1 12:37"Ливерпуль" юлдузи болалигидан "Реал" ҳақида орзу қилган – Собослаининг келажаги Мадриддами?  5 12:08"Ал Иттиҳод" "Реал" юлдузи учун йирик битим тайёрламоқда  1 11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  17 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  8 10:20Жанубий кореялик футболчига Лондон грандлари қизиқиш билдирмоқда  1 09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  1 09:22ФИФА хавотирда  14

Urganchda murabbiylar uchun o'quv kursi o'tkazilmoqda Yangiliklar

Urganchda murabbiylar uchun o'quv kursi o'tkazilmoqda

Urganch shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi(OFK) tasarrufida “S” sertifikati uchun xalqaro murabbiylar tayyorlash kursi tashkil qilinyapti.

Joriy yilning 10-23 fevral kunlari bo'lib o'tadigan mazkur kursda 24 nafar xorazmlik murabbiy  malakasini oshiryapti. Ular qatorida “Xorazm” jamoasining etakchi futbolchilari G'ayrat O'daev, Jasur Otajonov, Ilyos Xayrov, Temur Bekchanovlarning borligi mazkur kursning ahamiyatini ko'rsatib turibdi. O'quv–mashg'ulot jarayonining nazariy qismi  Urganch shahridagi 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internat bazasida tashkil etilyapti. Amaliy mashg'ulotlar esa suniy qoplamali maydonda olib borilayotir. Tinglovchilar OFK instruktori Zoyir Hasanov qo'l ostida har kuni  ikki martadan nazariy va amaliy mashg'ulotlarda saboq olishmoqda.

- Urganch davlat universiteti  jismoniy madaniyat fakultetining bakalavr va magistratura yo'nalishlarini tugatganman, - deydi urganchlik G'ayrat O'daev. – Hali katta futbol bilan xayrlashishni o'ylaganim yo'q. SHunday bo'lsada, fursatdan foydalanib  ushbu kursda o'qishni maqul ko'rdim. Binobarin, kelgusida murabbiylik qilishni ko'zlaganman. Buning barobarida, futboldagi faoliyatim mobaynida egallagan tajriba va ko'nikmalarimni yoshlarga o'rgatib, futbolimiz rivojiga ulush qo'shish  niyatim bor. Bevosita, kurs xususida to'xtalsam, nazariy va amaliy mashg'ulotlar yuqori saviyada, yangi texnologiyalar asosida olib borilmoqda. SHug'ullanishimiz uchun etarli imkoniyat va shart-sharoit yaratib berilgan. Bu murabbiylarga bilimlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilyapti. Bundan juda xursandmiz.

O'z navbatida kursni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan murabbiylar  OFKning “S” xalqaro sertifikatiga, shuningdek O'FF tomonidan murabbiylar uchun belgilangan tegishli licenziyaga ega bo'lishadi.

Kezi kelganda takidlab o'tish joizki, kurs ishini namunali o'tkazishda Xorazm viloyati futbol federaciyasi, 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internati rahbariyati amaliy yordam ko'rsatishayotir.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика