“Uotford”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
07 dek 2019 09:05
Yangiliklar


“Uotford”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Bu klubda bir mavsumning o'zida uchinchi marta murabbiy o'zgarishi.
“Lester”dagi faoliyati bilan tanilgan Nayjel Pirson “Uotford” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Pirson “Lester”ni APLda chempion bo'lgan mavsumdan avval boshqargan. O'shanda u jamoani APLda olib qolishga muvaffaq bo'lgandi.
“Uotford” esa joriy mavsum APLda atigi 1 ta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa navbatdagi turda “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar