So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  1 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

"Universiada-2016": Farg'ona terma jamoasi bosh sovrin uchun kurashadi Yangiliklar

"Universiada-2016": Farg'ona terma jamoasi bosh sovrin uchun kurashadi

Teglar :  UniversiadaFarg'ona
Malumki, ertaga Farg'onada uch bosqichli noyob sport musobaqalarining so'nggi bo'g'ini – Universiada bahslari start oladi.
Ayni kunlarda viloyatimizda ushbu sport bayramiga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Universiada bahslari sirasiga kiruvchi 15 ta sport turi bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.

Sport o'yinlarining futbol musobaqasida bosh sovrin uchun to'rtta terma jamoa kurash olib boradi. Bular saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan – Farg'ona viloyat terma jamoasi, Samarqand viloyati terma jamoasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi va Toshkent shahri terma jamoasi.

Ushbu to'rtta terma jamoa olimpiya tizimida bahsga kirishishadi. Yarim finalda g'alaba qozongan jamoalar finalda to'p surishadi. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar esa uchinchi o'rin uchun bahslashishadi.

O'yinlar Farg'ona davlat universitetining sport sog'lomlashtirish o'yingohida (sobiq “Markaziy” stadion) bo'lib o'tadi. O'yinlar boshlanish vaqti: soat 8:00 va 10:00.

O'yinlar katta ehtimol bilan 27 va 28 may kunlari bo'lib o'tadi. Bu borada keynroq batafsil malumot beramiz.

Bahrom Haydarov boshqarayotgan Farg'ona viloyat terma jamoasi safidan Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Pavel Smolyachenko (“Buxoro”), Iqbol Boboxonov (“Andijon”), SHukurali Po'latov, Dilyorbek Ermatov (“Neftchi”) va Iqbol Malikjonov (“Qo'qon-1912”) kabi tajribali futbolchilar bilan bir qatorda birinchi liga to'p surayotgan bir qator o'yinichilar joy olishgan.

Bahrom Haydarov shogirdlari musobaqa g'olibligi uchun kurash olib borishadi. Bu borada viloyatimiz terma jamoasiga omad tilab qolamiz.

Abror Dehqonov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика