Unai Simon: "Adolatli futbol, biz haqiqiy g'oliblarmiz"
03 iyu 2021 00:30
Yangiliklar
Unai Simon: "Adolatli futbol, biz haqiqiy g'oliblarmiz"
Ispaniya termasi posboni Unai Simon jamoasining SHveycariya ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
"Adolatli futbol, biz haqiqiy g'oliblarmiz. "Betis"ga qarshi o'yinda ham ikki marta penalti qaytarganman. Ammo bu bolaligimda bo'lgandi.
Qo'limdagi eng yaxshi futbolchi uchun sovrinni Yan Zommerga bergan bo'lardim. U bugun mardonavor o'yin namoyish qildi", - dedi darvozabon.
Ispanlar final ostonasida Belgiya yoki Italiya termasi bilan kuch sinashishi kerak bo'ladi.
Fikrlar