Unai Emeri: “Arsenal” mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashi mumkin”
25 apr 2019 09:55
Yangiliklar


Unai Emeri: “Arsenal” mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashi mumkin”
“Vulverxempton”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng “Arsenal” ustozi Unai Emeri fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yindan oldin qiyin bellashuv bo'lishni bilardik, boisi “Vulverxempton” butun mavsum davomida o'zini yaxshi ko'rsatib kelmoqda. Jamoa himoyada juda yaxshi o'ynamoqda, hujumda esa juda tezkor o'yinchilari bor. Dastlabki 25 daqiqada “Arsenal” juda yaxshi o'ynadi, to'pga egalik qildi, biroq gol urish vaziyatlar kam bo'ldi. Ikkinchi bo'limni esa yangi o'yin sifatida qabul qilishga harakat qilib, o'yinimizni o'zgartirdik va gol ham urdik. Hozir xafa bo'lishimiz mumkin, biroq mavsum 38 ta o'yinda iborat. Optimist bo'lishimiz kerak, biz mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlashimiz mumkin”,—deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar