Ummonga qarshi o'yin Karpenko, SHackix va Baqoevning xayrlashuv uchrashuvi bo'lishi mumkin
12 may 2014 14:52
Yangiliklar
Ummonga qarshi o'yin Karpenko, SHackix va Baqoevning xayrlashuv uchrashuvi bo'lishi mumkin
O'zbekiston terma jamoasida faoliyat olib borgan sobiq futbolchilar munosib tarzda kuzatilishi mumkin.
"O'FF milliy terma jamoa safida 50 dan ziyod uchrashuvda maydonga tushgan va hozirda termadagi faoliyatini yakunlagan futbolchilar bilan munosib hayrlashishni rejalashtirgan. Ummon bilan Toshkentda o'tkaziladigan uchrashuvda katta ehtimol bilan Viktor Karpenko, Maksim SHackix va Ulug'bek Baqoevlar maydonga tushishadi va muxlislar olqishi ostida terma jamoa bilan xayrlashish imkoniyatiga ega bo'ladilar", - deb yozadi "Bunyodkor" matbuot xizmati vakili Abror Imomxo'jaev o'z tvitterida.
Fikrlar