So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Umid Qodirov: "Boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q" Yangiliklar

Umid Qodirov: "Boshqa ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q"

Teglar :  NeftchiUmid Qodirov
Oliy liga 23-tur doirasidagi "Neftchi" - "Olmaliq" (3:1) bahsidan so'ng farg'onaliklar futbolchisi Umid Qodirov o'yin haqida fikr bildirib o'tdi.
- Qiyin o'yin bo'ldi. Ketma-ket omadsiz natijalarni ortda qoldirishimiz kerak edi. So'nggi turlarda qayd etilayotgan natijalar murabbiylar shtabi, futbolchilar shu qatori klub xodimlarini ham qandaydir tushkun holatga solib qo'ygandi. Ushbu g'alaba esa barchamizni mazkur holatdan chiqib ketishimizga katta yordam berdi. Umid qilamanki, bundan buyog'iga barchasi yaxshi bo'ladi. Muhimi, g'alaba qozonishni boshladik.

- G'alabaga nimani sabab sifatida ko'rsatgan bo'lardingiz?
- G'alaba qozonishdan boshqa choramiz yo'q edi. So'nggi omadsizliklar biz futbolchilarga yaxshigina saboq bo'ldi. Galdagi niyatimiz ishonchli o'yin namoyish etib, stadionda "Neftchi" muxlislarini qaytarish hisoblanadi.

- Olmaliqliklar haqida qanday fikrdasiz?
- "Olmaliq" ancha yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Xar qanday jamoaga bemalol jiddiy qarshilik ko'rsata oladi. SHaxsan men ularni Oliy ligadagi kuchli jamoalardan biri sifatida bilaman.

- "Obod" so'nggi turlarda ancha ijoyib natijalar qayd etib kelmoqda. "Neftchi" keyingi turda aynan Toshkent klubi uyiga safar qiladi. Bo'lajak bahs borasida nima deysiz?
- Endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Ertadan bor etiborimizni "Obod" bilan bahsga qaratamiz, - dedi Umid Qodirov.

Eslatib o'tamiz, Farg'onaning "Neftchi" klubi 24-turda "Obod" mehmoni bo'ladi. Mazkur bellashuv 1 oktyabr kuni Toshkentda o'tkazilinadi.

"Neftchi" matbuot xizmati
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика