So’nggi yangiliklar

03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  10 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  10 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  11 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  10 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0

Umid Isoqov: “JCH shuni ko'rsatyaptiki boshqa davlatlarda ham futbol rivojlanmoqda” Yangiliklar

Umid Isoqov: “JCH shuni ko'rsatyaptiki boshqa davlatlarda ham futbol rivojlanmoqda”

Barchaning diqqat markazida turgan jahon chempionati o'yinlari qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy kechmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.
Mundial haqida yaqin o'tmishning mohir hujumchisi bo'lgan Umid Isoqov bilan suhbatlashib, sobiq futbolchining fikrlarini bilishga urindik.

- Bu safargi jahon chempionati qiziqarli o'tmoqda. Bunga sabab favorit sifatida etirof etilganlar amalda aksincha natija qayd etmoqda. Xususan amaldagi chempion Ispaniya terma jamoasi ko'pchilikni uyaltirib qo'ydi. Mundial boshlanishi oldidan 70-80 foiz muxlis aynan “qizil furiya”ning yana chempionlik shoxsupasiga ko'tarilishini ishonch bilan aytgandi. Bu - futbol. Unda tahminlar hamisha o'zini oqlayvermaydi. Albatta JCH o'yinlari shuni ko'rsatyaptiki, boshqa davlatlarda ham futbol rivojlanmoqda. O'rtamiyona jamoalar syurpriz taqdim etayotgani so'zimga isbot bo'lsa ajab emas.

- Hozirga qadar o'tkazilgan uchrashuvlardan menga ko'proq, CHili-Ispaniya to'qnashuvi yoqdi. Fantastik o'yin bo'ldi! Qayd etilgan natija ham o'yinga mos bo'ldi.

- Jahon chempionatida biron-bir jamoaga ashaddiy muxlisman deya olmayman. Boshqa muxlislar kabi bitta terma jamoaga ishqibozlik qilmayapman. Kuchligi yutsin! CHiroyli o'yindan zavq olaylik. SHu etadi. Agarda birorta terma jamoani alohida ajratib ko'rsatish kerak bo'lsa, Argentinani aytishim mumkin. Bilasiz ularda duyonning eng kuchli futbolchilaridan biri Lionel Messi o'ynaydi. SHuning uchun ham aynan Argentinaga ko'proq muxlislik qilaman. Menimcha shu gapim orqali bu yilgi mundialda qaysi futbolchiga ishqibozlik qilayotganim haqida ham javob oldingiz deb o'ylayman.

- Menimcha chempionalikka asosiy davogar Germaniya. CHunki vaziyatga real baho beradigan bo'sak, nemislar bugungi kunda har jihatdan kuchli. Ular chempionlikka munosib. Menimcha bu yo'lda germaniyaliklarga Gollandiya terma jamoasi asosiy raqobatchi bo'lsa kerak. Yana kim biladi deysiz. Aytgancha, Xorvatiyani ham unutmaslik lozim.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика