Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
15 apr 2019 16:41
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgani haqida xabar berib o'tgandik.
O'yindan so'ng Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To'ra Bobolov, O'FA va Surxondaryo viloyati futbol associaciyasi mutasaddilari bilan birgalikda viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.
Bu erda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari ko'zdan kechirildi. SHuningdek, tashrif davomida akademiya binosini tez orada qayta tamirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi maydonlar qurish masalalari muhokama qilindi va bu masalalar bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar