

O'yindan so'ng Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To'ra Bobolov, O'FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan birgalikda viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.
Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya binosini tez orada qayta ta'mirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi maydonlar qurish masalalari muhokama qilindi va bu masalalar bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.





