Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2019, 16:41
O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgani haqida xabar berib o'tgandik.

O'yindan so'ng Umid Ahmadjonov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To'ra Bobolov, O'FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan birgalikda viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya binosini tez orada qayta ta'mirlash, tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, yangi maydonlar qurish masalalari muhokama qilindi va bu masalalar bo'yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz