So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Umid Ahmadjonov O'zbekiston ayollar OTJ bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston ayollar OTJ bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, yana ikki kundan so'ng poytaxtimiz Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi saralashning ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.

 Guruh bosqichi tizimida kechadigan mazkur saralash bahslarida O'zbekiston, Gongkong, Iordaniya va Vetnam terma jamoalari bir kvartetdan o'rin olishgan. O'zbekiston ayollar OTJ mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Musobaqa boshlanishi arafasida bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov «CHig'atoy» terma jamoalarni tayyorlash markazida ayollar OTJ bilan uchrashdi. Suhbat davomida MOQ prezidenti futbolchi qizlarga omad tilar ekan, ularda o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish uchun juda yaxshi imkoniyat borligini alohida takidladi.

«Etibor bergan bo'lsangiz, shu paytga qadar O'zbekiston Olimpiya, jumladan, ayollar OTJga bunchalik katta etibor qaratilmagan. Biz barcha yaxshi sharoitni yaratishga harakat qildik. Xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlari, kuchli terma jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari va shu kabi barcha kerakli narsalar yaratildi. Siz o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishingiz mumkin va sizlarda birinchi bo'lib Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati bor. Buning uchun bor kuchingizni ishga solib, musobaqani yorug' yuz bilan yakunlashingizga umid qilib qolamiz. Ana shu saralash bosqichidan eson-omon o'tib olsangiz, sharoitlarni yanada yaxshilashga, sizlar uchun o'rtoqlik uchrashuvlari, xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil etishga harakat qilamiz va bu masalada hech qanday muammo bo'lmaydi. Eng muhimi ana shu saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olish.

Oddiygina misol, futbolchilarimiz 1994 yil Xirosimada Osiyo o'yinlarining chempioni bo'lgan va o'sha tarixiy g'alaba hozirgacha eslanadi va yodga olinadi. Sizlarda ham ana shunday tarix yaratish imkoniyati bor. SHunday ekan, fursatni qo'ldan boy bermang», – dedi Umid Ahmadjonov.

 

Olimpiya terma jamoasi qizlari bilan uchrashuv yakuniga etgach, Umid Ahmadjonov «CHig'atoy» terma jamoalarni tayyorlash markazida yangi bunyod etilgan futbol maydonini borib ko'zdan kechirdi. SHuni takidlash lozimki, Gollandiyaning «Xatko» kompaniyasi yuqori sifatli, eng zamonaviy texnologiyalarga javob bera oladigan suniy qoplamali maydonni yotqizib berdi. Etiborlisi, tabiiyga juda yaqin ushbu suniy qoplamali maydon Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика