So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Umid Ahmadjonov OK-2019ga qura tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo'l oldi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov OK-2019ga qura tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo'l oldi

Xabaringiz bor, shu yilning 4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Mazkur marosimda barcha ishtirokchi terma jamoalar vakillari ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko'ra Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qura tashlash marosimida ishtirok etish uchun Dubayga yo'l oldi.

Umid Ahmadjonov Dubayda marosimda ishtirok etish bilan birga OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yangi loyihalar muhokama qilinadi.

Malumot uchun, Osiyo Kubogida bu safar tarixda birinchi marta 24ta jamoa ishtirok etadi. Qura paytida jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'linadi. O'zbekiston 2-savatchadan joy olgan.

1-savatcha
BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni –

2-savatcha

Xitoy
Suriya
O'zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg'iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha

KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика