So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

Umid Ahmadjonov: "Bizga xalaqit berishni maqsad qilganlar bo'lsa, iltimos futboldan ketsin!" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Bizga xalaqit berishni maqsad qilganlar bo'lsa, iltimos futboldan ketsin!"

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda 12 yanvar kuni Farg'onaga tashrif buyurdi.

Unda bir qator masalalar kurib chiqildi. O'FF prezidenti vodiy futbolining salohiyatini ko'tarish lozimligi haqida kuyinib gapirdi. Quyida O'FF prezidentining tashrifiga bag'ishlangan maqola bilan tanishing.

Tanishuv

Tashrif davomida ishchi guruh o'z yo'nalishlari bo'yicha hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kamchiliklarni bartaraf etish borasida o'z fikr mulohazalarini bayon etishdi.

O'FF prezidenti Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti SHuhrat G'aniev bilan uchrashib, viloyatda futbolni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar borasida suhbatlashdi.

SHundan keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh Farg'onadagi muhtasham – “Istiqlol” o'yngohiga borib, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

2015 yili foydalanishga topishirilgan mazkur stadionda o'tgan mavsumda “Neftchi” va “Istiqlol” jamoalari to'p surishdi. Superliganing yangi azosi Quvasoyning “Cementchi” klubi ham joriy mavsumda ushbu stadiondan foylanishni rejalashtirgan.

Bunyodkorlik ishlarimizning namunasi bo'lgan ushbu stadion 20 ming muxlisga mo'ljallangan bo'lib, uchrashuvlarni yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. O'FF prezidenti “Istiqlol” stadionidagi  sharoitlarni yuqori baholadi.

SHundan keyin delegaciya vakillari stadionning yonida joylashgan Farg'ona futbol maktabi maydonida mashg'ulot olib borayotgan “Neftchi” PFK qoshidagi ayollar jamoasi azolari bilan uchrashishdi va ularning mashg'ulot jarayonlari qanday kechayotgani bilan qiziqishdi. Keyin esa ayollar jamoasi azolariga O'FF prezidenti tomonidan to'plar sovg'a qilindi.

SHundan so'ng, O'FF delegaciyasi “Neftchi” PFK akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Bolajonlarga ham mashg'ulotlar o'tkazishda foydalanish uchun to'plar tuhfa qilindi.

Ushbu uchrashuv yosh futbolchilar uchun unutilmas bo'lgani aniq. Zero, O'FF prezidenti bilan uchrashish, u kishidan sovg'a qabul qilib olish har doim ham nasib etavermaydi.

Keyin O'FF delegaciyasi Superliganing yangi azosi – “Cementchi” futbol klubi qoshidagi ayollar jamoasi mashg'ulotini ham ko'zdan kechirdi. Ularga yaratib berilayotgan shariotlar bilan qiziqdi.

Klublar faoliyati bilan tanishilgandan keyin O'FF prezidenti boshchiligidagi ishchi guruh Farg'ona viloyati futbol federaciyasiga tashrif buyurib, federaciyasi faoliyatini o'rganib chiqdi.


Vodiy futboli

“Istiqlol” stadionning anjumanlar zalida Umid Ahmadjonov maxsus yig'ilish o'tkazdi. Majlisda O'FF boshqarma boshliqlari, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyati futbol federaciyalari xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni Umid Ahmadjonovning o'zi olib bordi. Majlis davomida Farg'ona viloyat futbol federaciyasi tomonidan ommaviy futbol, bolalar va o'smirlar futboli, murabbiylar va hakamlar tayyorlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Mana shu yo'nalishlar bo'yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko'rsatmalar berildi.

Bolalar futboli xususida gapirar ekan, Umid Ahmadjonov so'nggi yillarda vodiydan terma jamoaga mos keladigan o'yinchilar etishib chiqmayotganini achinib gapirdi.

– Vodiyda futboli juda yaxshi ko'rishadi. Ana shu muxlislarni, xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Mana shu uch viloyatda eng ko'p aholi istiqomat qilishadi. Lekin oxirgi yillarda vodiy futbolining saviyasi tushib ketdi. Bilaman bu erda istedodlar ko'p. Ularni topib, to'g'ri yo'naltirishimiz lozim. Endi bunday ishlab bo'lmaydi. Vodiy futbolini uyg'otadigan paytlar keldi. Yangi tizim yaratishimiz lozim. Zero, bizdan xalq xursand bo'lsin, – dedi O'FF prezidenti.

Futbol maktablaridagi qabullar

–  Futbol maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlarida istedodi yo'q yosh futbolchilar ham tahsil olayotganini yaxshi bilamiz. Endilikda futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlashimiz kerak. Maxsus komissiya tuzamiz. U erlarda faqat istedodli futbolchilar o'qishlari lozim. Futbol maktablarimiz terma jamoalarimizga o'yinchilar etkazib berishlari kerak. Qabul davomida O'FF masul xodimlari albatta ishtirok etadi. SHuningdek, OAV vakillari ham qabul jarayonini keng yoritib borishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Halqimiz ko'rsin, imtihonlar qanday o'tayotganini, – dedi Umid Ahmadjonov.

Murabbiylar xususida


– Vodiyda murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Endilikda, O'zbekiston futbol federaciyasi hakamlar va murabbiylarning saviyasini oshirish bo'yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu chora-tadbirlar istedodi bo'la turib, moliyaviy sabab licenziya ololmay yurgan murabbiy va hakamlarga yaxshigina imkoniyat beradi. Bu yog'iga viloyatlardagi har bir futbol musobaqasiga futbol federaciyasi masul bo'ladi. Bu erdagi barcha natijalarga federaciya javob beradi. Bu borada O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo'mtasi bilan qo'shma qaror chiqarganmiz. Endi hammasi boshqacha bo'ladi. Faqat ishlash kerak. Sizdan talab qiladigan shu, – dedi O'FF rahbari.

Hakamlar haqida

– Doim muxlislardan bir gapni eshitamiz. Hakamlar faqat Toshkentdan qo'yiladi deb. Endi bunday bo'lmaydi. Bu borada ham keng ko'lamli ishlarni boshlab yuborganmiz. Superligada har bir viloyatdan bittadan hakam bo'lishini taminlashimiz zarur. Farg'onada bu yil bitta hakam Super ligada, ikki nafar hakam Pro ligada faoliyat yuritishi kerak. Hakamlar tayyorlash tizimida ham o'zgarishlar bo'ladi,  – deb takidladi U. Ahmadjonov.

Vodiyda futbol bayrami


Malumki, Qo'qoni latif o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. Bu erda futbolni juda sevishadi. O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada to'xtalib o'tar ekan, bu yil vodiyda, xususan, Qo'qonda o'zbek futbolining 105 yiligi keng nishonlanishini aytib o'tdi.
– Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu erda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o'ziga xos sovg'a bo'ladi – dedi Umid Ahmadjonov.

Farg'onada xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi

Xabaringiz bor, 2015 yili Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionining ochilishida O'zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilgandi. O'sha o'yinda stadion muxlislar bilan to'lgandi. “Istiqlol” o'yingohida yana shunday anshlag bo'lishi mumkin. Aniqrog'i, yaqin orada Farg'ona O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqib sifatida Janubiy Koreya va Yaponiya olimpiya terma jamoalaridan biri tanlanishi mumkin. Bu borada O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov aytib o'tdi.


“Istiqlol” jamoasining taqdiri oydinlashdi

O'tgan mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi debyut mavsumidayoq birinchi liga (endilikda Pro liga deb ataladi, mual.) ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Lekin yangi reglament bo'yicha jamoaning keyingi taqdiri suroq ostida qolgan edi.  Xavotirlanishga o'rin yo'q. Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi ushbu mavsumda Pro ligada ishtirok etadi.

– Pro ligada har bitta viloyatdan bitta jamoa ishtirok etadi deyishimizning sababi bor. Respublikamizning barcha hududlarida futbol bir xil rivojlanishini istaymiz. Masalan, ayrim viloyatlarimizda hatto Pro ligada ham jamoa yo'q. Endi barcha hududdan bitta jamoa Pro ligada qatnashadi. Pro liga saviyasi Super ligadan kam bo'lmaydi. Farg'onadan esa ikkita jamoaga ruxsat beramiz. Bu jamoalarning biri “Istiqlol”, ikkinchi jamoa nomi yaqin kunlar ichida rasman elon qilinadi,  – dedi Umid Ahmadjonov.

Muxlislarga ajoyib sovg'a


Tan olish lozim, O'FFda katta o'zgarishlarni amalga oshirayotgani muxlislarimizni xursand etayotgani aniq. Xususan, ishqibozlarni stadionga qaytarish borasidagi islohotlar ham maqtovga loyiq.

– Super liganing birinchi turida “Istiqlol” stadioni muxlislar bilan to'lishi lozim. SHu kuni stadionga kelgan har bir ishqibozga sovg'amiz bor. O'sha kuni stadionda haqiqiy shou uyushtiriladi, dedi O'FF prezidenti.

“Oltin vodiy” dasturi haqida

Bu yildan etiboran vodiy viloyatlari uchun “Oltin vodiy” dasturi amalga oshiriladi.

Ushbu loyiha rahbari Nodirxo'ja Yuldashev dastur va uning kelajagi haqida malumot berdi.

– Uchta viloyatning eng kuchli oltitatan jamoasi Vodiy chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadi. SHuningdek, turli yoshdagi bolalar va o'smirlar jamoalari turnirlari ham tashkil etiladi. Ayni damda ushbu dastur bo'yicha ishlar boshlanmoqda. Reja bo'yicha bu yil butun respublika bo'ylab 1000 ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan. SHulardan 600 tasi vodiyda o'tkaziladi. Jumladan, Farg'onada 200 ga yaqin bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqa o'tkaziladi. Maqsadimiz vodiy futbolini rivojlantirish, dedi Nodirxo'ja Yuldashev.

Yig'ilishda shuningdek, O'FF vice prezidenti SHoakram Isroilov ham so'zga chiqib, qilinadigan ishlar yuzasidan gapirib o'tdi.

Mundial orzusi


O'FF prezidenti yig'ilish yakunida shunday dedi: Muxlislarimizning armoniga aylanib borayotgan Jahon chempionatiga chiqish vaqti keldi. 2020 yilgi Olimpiada va 2022 yili Qatarda bo'lib o'tadigan mundialda qatnashishni maqsad qilganmiz. Nasib bo'lsa barchamiz charter reyslarda Doxaga boramiz. Bu borada futbol sohasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim. Birdamlikda gap ko'p. G'iybat qilishni to'xtatishimiz kerak. Kimda qanday fikr bo'lsa, marhamat menga aytsin. CHiqargan qarorimiz noto'g'ri bo'lsa, ularni bekor qilishga tayyorman. Takror aytaman, barchamizning maqsadimiz bitta – halqimizni xursand qilish. Futbol xonadonlarga bayram shukuhini olib kirishi darkor. Yana bir gap. Bizga xalaqit berishni maqsad qilganlar bo'lsa, iltimos futboldan ketsin! Ularga oramizda o'rin yo'q.

Abror Dehqonov tayyorladi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика