Umid Ahmadjonov: "Aka, uyga non olib kira olmay qoldik, deydigan futbolchilar ham bor"
06 jan 2019 16:10
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov: "Aka, uyga non olib kira olmay qoldik, deydigan futbolchilar ham bor"
O'FA birinchi vice-prezidenti Superligadagi muammolar haqida gapirib o'tdi.
“PFL bizning tasdig'imiz bilan klublarga umumiy shartnomalar tarqatdi. Hamma shu shartnoma asosida ishlaydi. Istamagani chempionatda o'ynamaydi. “Bunyodkor”, “Buxoro”, “SHo'rtan”, “Andijon” degan klublarning FIFA oldida hisob berib yurishi jonga tegdi. Telefonim tinmaydi, u klubning futbolchilardan qarzi bor, bunisi murabbiyga pulini bermagan. Aka, uyga non olib kira olmay qoldik, deydigan futbolchilar ham bor. Biz futbol tepasidagilar bunday bemalolgarchilikka yo'l qo'ya olmaymiz. Hamma joyda tartib, intizom va qonunlar ustuvorligi bo'lishi shart. SHahar bedarvoza emas”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga.
Fikrlar