Umar Eshmurodov jarohati haqida fikr bildirdi
09 iyu 08:05
Yangiliklar
Umar Eshmurodov jarohati haqida fikr bildirdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Umar Eshmurodov jarohati haqida fikr bildirdi.
«Turkmaniston bilan yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ularga qarshi ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik va foydalanishga ham erishdik. Bu o'yin guruhda hech qanday vaziyatga tasir qilmasa ham futbolchilar bahsga jiddiy yondashishdi. Xudo xohlasa, Eronga qarshi ham jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz va ushbu bahsda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Jarohatim kundan-kunga yaxshilanmoqda. Ahvolim borasida har kuni shifokorlar bilan gaplashmoqdamiz. Bugun yakka tartibda mashg'ulot olib boraman, ertadan umumiy guruhga qo'shilaman.
Hozircha Eronga borish rejasi bor, barchasi ertaga hal bo'ladi», — dedi Umar.
Fikrlar