So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  6 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" neytral maydonda o'ynashining xavotirli joyi yo'q" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" neytral maydonda o'ynashining xavotirli joyi yo'q"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'rdingiz, futbolchilar yomg'irli havoda to'p tepishdi. Maydonda futbol kam, kurash ko'p bo'ldi. SHu bois biror narsa deyish qiyin. Bunday pallada tartib va xarakter asosiy planga chiqadi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. Mavsumdagi ilk g'alabamiz. "Dinamo"ga keyingi o'yinlarda g'alaba tilayman",- deydi murabbiy. 

- Ob-havo "So'g'diyona"ning o'yiniga qanchalik tasir qildi?

- SHubhasiz o'yinimizni ko'rsatishimiz uchun yuz foiz to'sqinlik qildi. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda o'ynagani bois o'yinda yaqqol favorit ko'zga tashlanmadi. Bitti yoki ikkita vaziyatlar hal qilib ketadi. 

- SHohruz Norxonovning zaxiraga olinishi nima bilan bog'liq? 

- Havo toliqtirishi tabiiy. Ikkinchidan biz bo'ydor hujumchini tushirishni rejalashtirayotgandik. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilardan ko'proq to'pni nazorat qilishni, standartlarda faollik ko'rsatishni talab qildik. 

- Championat.asia saytida "So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvlarni o'z maydonida o'tkaza olmasligi haqida xabar chiqdi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Bu savolni klub rahbariyatiga berganingiz maqul. O'zbekistonda futbol o'smoqda. Siz mehmondami yoki uyda o'ynayapsizmi katta ahamiyat kasb etmayapti. Agarda "So'g'diyona" neytral maydonda o'ynasa buning xavotirli joyi yo'q.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика