So’nggi yangiliklar

11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  0 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  0 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  2 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  7 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  2 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  0 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  2 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  31 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  34 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  4

Ulug'bek Baqoev: "OFK Kubogida nafaqat klub, balki mamlakat sharafini himoya qilamiz" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "OFK Kubogida nafaqat klub, balki mamlakat sharafini himoya qilamiz"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Birinchi taymda 2 ta gol urib oldik, hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq ikkinchi taymda bir nechta o'zgarishlar qilganimizdan so'ng o'yinimiz yomonlashdi. Darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmayman. Balki zaxiradan tushganlar o'yinga kirishib keta olmaganidandir. Yaxshiyamki hammasi biz uchun ijobiy yakun topdi. Yigitlarga va muxlislarga rahmat aytaman. "Neftchi"ga keyingi turlarda omad tilayman.

- Jamoangiz chamasi oxirgi 15 daqiqa bir kishi ko'p bo'lib o'ynadi, biroq futbolchilaringiz ko'proq o'z darvozasi tomon intildilar. Bu murabbiylar shtabi ko'rsatmasimidi?

- Yo'q, bunday ko'rsatma bo'lmagandi. Qatiyat bilan o'ynash, qarshi hujumga o'tish, to'p nazoratini qo'lga olish tushuntirilgandi. Siz aytgan narsa o'zlari xohlagani uchun emas, charchoq va g'alabani boy berishdan qo'rqish tufayli ro'y berdi. 

- Kuni kecha "So'g'diyona" OFK Kubogida qatnashishi aniq bo'ldi. Bu ham jamoaga motivaciya va kuch berdimi?

- Har bir sportchi yirik musobaqada qatnashishni xohlaydi. Jamoamiz futbolchilari va muxlislar ham shuni istashgandi. Bu albatta zo'r. Endi biz nafaqat klub, balki mamlakat sharafini himoya qilamiz. Uyaltirib qo'ymaslikka va iloji boricha oxirgi bosqichgacha etib borishga harakat qilamiz. 

- "So'g'diyona" bir to'p farqi bilan oldinda borgan paytda vaqtni ko'p cho'zadi. Bu borada nima deya olasiz?

- O'yinda to'xtalish ro'y bersa, bu o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Hakamlar o'yinni nazorat qilib borishadi, hammasini kuzatib turishadi va vaziyatga qarab, shifokorlarni maydonga chorlashadi. Bu – futbol. Hamma yutishni xohlaydi. Bugun "So'g'diyona" yutdi, ertaga "Neftchi" g'alaba qozonadi. SHunday ekan, bir-birimizga omad tilashimiz lozim.

- Hislat Halilovni ikkinchi taymda maydonga tushirib, keyin yana almashtirib yubordingiz. Bu jarohat bilan bog'liqmidi?

- Bilasizmi, Halilov hali yosh. U bunday darajadagi o'yinlarda ishtirok etmagan. Hechqisi yo'q. Bu hamma bilan sodir bo'lib turadi. Imkoniyat beryapmizmi, u bu vaqtni qadrlashi lozim. Unga va boshqa yosh yigitlarga omad tilaymiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика