So’nggi yangiliklar

23:07ЕЧЛ. "Арсенал" – ПСЖ. Ярим финал учрашуви учун таркиблар аниқ!  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  1 22:25Элит ОЧЛ ярим финали. "Ал Ҳилол" - "Ал Аҳли" (онлайн ҳисоб)  19 21:56Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  15 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  7 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  18 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  1 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  26 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  10 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   96 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  2 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  1

Ulug'bek Baqoev: "Ochiq o'yin guvohiga aylandik" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Ochiq o'yin guvohiga aylandik"

Superliga 7-turidan o'rin olgan AGMK – "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- AGMKni g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. O'yinchimizning aytishicha, AGMK ikkinchi golni urganda unga nisbatan qoida buzilgan. VAR esa buni bekor qildi. Ochiq o'yin guvohiga aylandik. Yigitlarga kurash uchun rahmat aytamiz.

- Ushbu mavsumda "So'g'diyona" himoyasi u qadar ishonchli ko'rinmayapti. O'tgan yili raqiblar deyarli vaziyat hosil qila olishmasdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu bir nechta faktorlar bilan bog'liq holat. Birinchidan, jamoamiz boshqacha hozirlik ko'rmoqda. Yana bir faktor borki, bu bevosita futbolga aloqador emas. Holat qanday davom etadi, bilmayman. Alamlisi, O'zbekiston klublari qaysi ligada bo'lishidan qati nazar raqibga qarab tayyorgarlik ko'radi. Kichik vaziyatlarda bu sezilib qoladi. Bitta vaziyat ikki xil baholanadi. Xuddi simpatiya bordek.  

Biz ham, olmaliqliklar ham yaxshi o'ynashdi. Ikkinchi gol va sariq kartochkalar bilan bog'liq vaziyatlarga qo'shilmadim. Mayli, hechqisi yo'q. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Keyingi turda "Nasaf" bilan to'qnash kelasizlar...

- Hozirgi kunda har bir jamoa bilan jiddiy bahs kuzatiladi. SHunchaki o'tib ketadigan o'yinlar yo'q. Har bir raqibni hurmat qilamiz va obdon taraddud ko'ramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика