So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ulug'bek Baqoev: "Menga bir narsa qiziq, hurmatli hakamlar nima uchun golni bekor qilishdi?" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Menga bir narsa qiziq, hurmatli hakamlar nima uchun golni bekor qilishdi?"

"So'g'diyona" Superliganing 12-turida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi. Mazkur bahsdan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev championat.asia sayti uchun intervyu berdi.



Saytimiz muxbirlari esa murabbiyning fikrlari bilan qiziqdi.

"Malumki, "Nasaf" juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bugun ular kuchli ekanliklarini ko'rsatishdi. Qiyin o'yin bo'lishi kutilgandi. Qiziqarli uchrashuv bo'ldi, ikki jamoa darvozasi oldida ham vaziyatlar ko'p yaratildi. Hamma nimalar bo'lganini ko'rdi. SHu bois nimanidir izohlash qiyin. Faqat menga bir vaziyat qiziq, hurmatli hakamlar nima uchun golni bekor qildi? Biz uchun qiziq. "So'g'diyona" jamoasida 22 nafar futbolchi bor. Ular ochko olish uchun borlarini berishmoqda, yonib kuyishmoqda. Oilasini boqish uchun ishlamoqda. Lekin nima sababdan golni bekor qilishdi, tushunmadik. Boshqa narsa demayman. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. CHempionat davom etadi. Endi tanaffusga yo'l olamiz",- deydi Baqoev.

- Murabbiy sifatida o'z o'rningizni topdingiz. Sizni futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham qandayligizni hamma biladi. Bugun ko'p hissiyotga berilganingiz hakamlarni xatosi bilan bog'liqmi yoki boshqa sababi ham bormi?
- O'yin qiziqarli va vaziyatlarga boy tarzda o'tdi. Bizni stadionda, ekran ortida ko'plab muxlislar tomosha qildi. Fikrimcha bahs tengkurashlar ostida o'tdi. Futbolda xato qilmaslikning iloji yo'q. O'yin paytida hissiyotlaringizni jilovlash qiyin bo'ladi. Yigitlarga xohish va ishtiyoq uchun rahmat aytaman. Umuman menda hech kimga etirozim yo'q.

- Transferlar oynasi vaqtida "So'g'diyona" tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmi?
- Ko'ramiz. Hozir yigitlarga dam beramiz. Keyin bu borada o'ylab ko'ramiz. Bir nechta variantlar yo'q, deya olmayman.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика