So’nggi yangiliklar

19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  5 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  3 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3

Ulug'bek Baqoev: "Hozir OCHL haqida gapirmoqchi emasman" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Hozir OCHL haqida gapirmoqchi emasman"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"O'yin boshida futbolchimizning qo'pol xatosidan keyin darvozamizga penalti belgilandi va barchasi reja bo'yicha ketmadi. Ammo bu futbol, o'yinga qaytdik va hujumda agressivroq o'ynay boshladik. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Gol urdik, yana urishimiz mumkin edi. Hech kimga etirozim yo'q, o'yin uchun yigitlarga rahmat. CHempionat davom etmoqda va keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz", - deydi Ulug'bek Baqoev.

- Qolgan o'yinlarda OCHL uchun yo'llanmaga imkoniyatni qanday baholaysiz?

- Bilasizmi, har bir o'yindan keyin shu savol berilmoqda. Bu haqda gapirishni xohlamayman, biz qadamma-qadam borishimiz kerak. Oldinda chempionatning 4ta o'yini bor va o'sha o'yinlardagi natijaga qarab yo'llanma olamizmi yoki yo'qmi ko'ramiz. Kurashni davom ettiramiz.

- Bugun "So'g'diyona" yaxshi o'yin namoyish etishiga nima xalal berdi?
- Aytdimku o'yin boshida qo'pol xatodan keyin kutilmagan holat ro'y berdi. Penalti belgilandimi demak bor ekan. O'yin sxemasini biroz o'zgartirdik, gol urdik. Yomon natija ham, natija hisoblanadi.

- Durang natija o'yinga mosmi?
- To'g'risini aytganda yutqazishimiz mumkin edi, yutishimiz ham mumkin edi. Demak durang adolatli bo'ldi. "Qo'qon-1912"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- Penaltidan keyin futbolchilarning ruhiyati tushdi deb o'ylaysizmi?
- Yo'q-yo'q. Aksincha biz yanada yaxshi o'ynay boshladik.

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?
- Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman, ularga baho qo'yadigan nazoratchi bor. Ularga uchrashuv tugagach o'yin uchun rahmat aytdim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика