So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  100 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Ulug'bek Baqoev: "Futbolchilarimizning shijoati va mehnati orqali qiyin o'yinda g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Futbolchilarimizning shijoati va mehnati orqali qiyin o'yinda g'alabaga erishdik"

Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” - “Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida fikrlaringiz…
Birinchidan, chempionlarga qarshi o'ynaganimizni aytish joiz. Bilamizki, “Paxtakor”da yuqori darajali futbolchilar o'rin olgan. Yana ob-havo sharoiti noqulay ekanligi va pandemiya tufayli o'yin ritmimizni yo'qotib qo'yganimizni aytishim lozim.
Biz bu mavsum g'alaba qozonmagandik, 3 o'yinda 1 ochko to'plagandik, xolos va amaldagi chempion bilan o'ynash ancha qiyinchilik tug'dirdi.
Jamoamiz futbolchilarining shijoati va mehnati orqali qiyin o'yinda g'alabaga erishdik. “Paxtakor”ga kelajakda omad tilab qolaman va OCHLda yaxshi qatnashishlari tilakdoshiman”.

Norxonov haqida
Bu futbol. Kiyinish xonasiga kirganimizda unga aytdimki, “sen gol ura olmaganing muammo emas, muammo sen shoshilganingda”. Bunday vaziyatlarda shoshilmaslik lozim.


Nagaev haqida
Hozir aniq bilmayman, unda kichik jarohat kuzatilgan bo'lishi mumkin.

Sanjar Rashidov haqida… Odatda u asosiy tarkibda tushardi yoki karantin davrida unda qandaydir muammo kuzatildimi?

Yo'q, hech qanday muammo yo'q. “Paxtakor” saviyasini inobatga olgan holda va xavfli standartlarning oldini olish maqsadida shunday tarkibni maydonga tushirdik.



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика