So’nggi yangiliklar

23:43"Челси" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  0 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:45"Астон Вилла" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  2 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  28 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  7 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  26

Ulug'bek Baqoev: "Futbolchi vaziyatlardan foydalana olmasa, demak u bunga qodir emas" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Futbolchi vaziyatlardan foydalana olmasa, demak u bunga qodir emas"

OKMK hamda "Buxoro" o'rtasidagi Superliganing 12-tur o'yinidan (3:1) so'ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yinni yaxshi boshladik, hisobda oldinga chiqib oldik. Keyin esa himoyada hatoga yo'l qo'ydik va raqib hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda ham gol urish uchun vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Raqibning javobi esa o'zini ko'p kutirmadi raqib gol urdi, keyin esa yana vaziyatlar yaratdik va yana bita gol o'tkazib yubordik. Bugungi uchrashuvda himoyachilarimizning qo'pol xatolari va yomon realizaciya sabab mag'lub bo'ldik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Buxoro" o'yinida murabbiy imzosi sezilmoqda, lekin jamoada realizaciya bilan muammo bordek. Transferlar oynasida yangi futbolchilarni jamoaga jalb etishingiz shubhasiz, lekin reglamentga ko'ra 5ta futbolchini transfer qilish mumkin. 5ta futbolchini transfer qilish huquqi etarlicha bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Iloji boricha ko'proq futbolchilarni transfer qilishni istagan bo'lar edik, lekin bu reglament. Biz  futbolchilar bilan muzokara olib borayapmiz. Vaziyatlarni golga aylantirish savoliga to'xtaladigan bo'lsak, mening fikrimcha futbolchi vaziyatlardan foydalana olmasa, demak u bunga qodir emas. Bu futbolchining darajasiga bog'liq.

- O'yinda ro'y bergan holatlarni hisobga olmasak, "Buxoro" "OKMK" bilan tengma teng o'ynay olar edimi?

- O'yinni ko'rdingiz, agar himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ymaganimizda, kamida mag'lub bo'lmas edik. Futbolda xato qilsangiz jazolanasiz va shu sabab mag'lub bo'lasiz, agar xato qilmasak Superliganing barcha klublari bilan tengma teng o'ynay olamiz.

- Siz ishlagan jamoalar, har doim namunali himoyalangan. "Buxoro"da esa himoyachi va darvozabonlar juda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda, bunga sabab nima?

- Futbolchilarning darajasi. O'yinda xato qilsak, demak qaysidir futbolchi xatoga yo'l qo'ydi. Bunday holatlarda "selekciya" yaxshi ishlashi kerak. Agar futbolchi yaxshi o'ynasa uning darajasi ham, oylik maoshi ham ancha baland bo'ladi. Aynan qaysidir futbolchini ko'rsatib o'tmayman, barcha birdek harakat qildi.

- Yozgi transferlar oynasini kutayotganingizni ko'p takidlab o'tmoqdasiz. Transferlar oynasiga qadar, jamoada qandaydir reja bormi, sababi o'yinlar o'tib bormoqda va jamoa ochkolar to'plashi kerak.

- Rejamiz o'yindan o'yinga kuchayib borish. Bugungi uchrashuvdan avval ham rejamiz bor edi. O'yinimizni yaxshilab borishimiz kerak. O'yinlarimizga nazar tashlasak, barcha uchrashuvlarda ochko yig'ishga qodir edik, masalan "Paxtakor" bilan bo'lgan bahsda 90chi daqiqada penaltidan foydalana olmadik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика