Ulug'bek Baqoev: "Bizning guruh - "o'lim guruhi"
20 apr 2021 23:02
Yangiliklar
Ulug'bek Baqoev: "Bizning guruh - "o'lim guruhi"
O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.
Birinchi taym biroz zerikarli o'tdi. Ikkinchi taymda jangovar o'yin bo'ldi va jangovar durang qayd etildi. Kubok bahslari boshlangani bilan tabriklayman. "Nasaf"ga omad tilayman, "So'g'diyona" oldidagi dastlabki vazifa guruhdan chiqish. Bir ochko bilan tabriklayman, bu hozircha boshlanishi.
Agar Kubok guruhlariga etibor qilsak qaysilaridadir 3tadan Pro liga klublari bor, qaysilaridadir 3tadan Superliga. Bizning guruh - "o'lim guruhi". Maqsadimiz guruhdan chiqish, har bir bahs qiziq o'tadi. Kubokda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan uchta klub bitta guruhdan joy oldi", - deydi Ulug'bek Baqoev.
O’xshash yangiliklar
19:22
"Dinamo" "G'azalkent"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi: legionerlar ham maydonga tushdi 0
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar