So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

Ulug'bek Baqoev: "Andijon" shunchaki vaziyatlardan foydalana olmadi xolos" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Andijon" shunchaki vaziyatlardan foydalana olmadi xolos"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" (4:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.



"Andijon" musobaqa jadvalida quyi pog'onalarda bormoqda. Lekin baribir oxirgi o'yinlarda g'alabalar qiyinchilik bilan qo'lga kiritilmoqda. To'g'ri hisob yirik bo'ldi, ammo oson bo'lgani yo'q. CHiroyli gollar urdik, yigitlarga rahmat aytaman. Keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

"Andijon" o'tgan tur o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga yutqazib qo'yganidan keyin balki futbolchilarda ruhiy muammo bo'lgandir. O'shanda bugungi raqibimiz 0:2 hisobidan keyin durangga erishishi ham mumkin edi. Biroq penaltidan gol ura olishmagandi. Bugun o'yindan oldin g'alaba qozonishimizga hech qanday kafolat yo'q edi. Har bir keyingi bahs oldingisidan qiyin o'taveradi.

Mavsumning boshida ham kuchli klublarga qarshi o'ynadik. "Navbahor", "Metallurg" kabi klublar ham kuchli. "Mashal" bilan durang o'ynadik, masalan. Kuchli va kuchsiz jamoalar yo'q, chempionat bor va har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Futbolchilarning jismoniy holatini doim yuqori darajada ushlab turish og'ir, shu bois o'zgarishlar qilib ularga dam berayapmiz. Kim bugungi kunda ko'proq tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushmoqda.

"Andijon"da ham vaziyatlar bo'ldi, ikki marta to'sinni poylashdi. To'p nazorati anchagina yuqori darajada. Raqib o'yini menga yoqdi, shunchaki biz vaziyatlardan foydalandik, ular esa gol ura olishmadi. Futbolda har bir vaziyatni golga aylantirib bo'lmaydi.

Transfer oynasi ochilganidan keyin bizga yangi futbolchilar kerakmi yoki yo'qmi o'ylab ko'ramiz. Hozir tarkibimizdagi barcha maydonga tushishga haqli. Ulardan 11 nafar futbolchigina asosiy tarkibda maydonga tusha oladi xolos", - deydi Ulug'bek Baqoev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика