So’nggi yangiliklar

09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  3 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  4 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  4 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  12 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  2 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   11

Ulug'bek Bakaev: "Sabr, sabr va yana sabr" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Sabr, sabr va yana sabr"

Coca Cola Superligasi 5-turida "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin "Buxoro" ustozi Ulug'bek Bakaev o'z fikrlarini bildirdi.


- To'g'risini aytganda, yigitlar nimadandir qo'rqqandek bo'lishdi. Keyinchalik kerak bo'lmagan gol o'tkazib yubordik. SHundan so'ng o'zimiz ham vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Jamoaning jismoniy va ruxiy holati talab darajasida emas. Ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyat. Jamoa ruxiy tushkunlikka tushib qolgan. Bundan chiqib ketish kerak, yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Barcha harakat qildi, hech kimga etiroz yo'q. Ishlashda davom etamiz. Muxlislarga esa sabr qilishlarini so'rab qolardim. Asta-sekinlik bilan o'sib rivojlanishda, Kubok va chempionatda g'oliblik uchun o'ynashga harakat qilamiz. 

- Ikkinchi bo'lim arafasida bir yo'la 3 o'zgarish qildingiz.

- Birinchi bo'limda markazda to'pni ko'p yo'qotdik va ko'p ushlab turdik. O'yinni o'zgartirish kerak edi va barchasini xavf ostida qoldirishga to'g'ri keldi. O'z navbatida raqiblarda ochiq hududlar paydo bo'la boshladi. O'tkazib yuborilgan ikkinchi gol so'nggi daqiqada kiritildi. O'shanda ham darvozabonni oldinga chiqardik. Bu futbol, xushtakkacha o'ynash kerak. SHunday qilishga to'g'ri keldi. 1:0 va 2:0ning farqi yo'q. Ikkinchi gol hech nimani hal qilmadi hisob.

- Jamoa rahbariyati Sizga qanday vazifa qo'ydi?

- Avvalo, ketma-ket uch marta mag'lub bo'lgan jamoaga uch ochko taqdim qilish kerak edi. Endi bunday tushuntirsam. Yo'qotilgan ochkolarni g'alabalar orqali to'ldirib borish. Keyinchalik vaziyatga qaraymiz. Hozircha nimadir deyish qiyin. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman, biz esa ishlashda davom etishimiz kerak.

- Ikkinchi davra oldidan tarkibga qaysidir futbolchilarni olib kelishni o'ylab qo'ydingizmi?

- Transferlar oynasigacha hali 8 o'yin bor. Hozir bu borada o'ylashga erta. O'yinlar davomida barchasini ko'rib boramiz. Balki futbolchi olmasmiz, balki olarmiz. Barchasi futbolchilarga va ulraning ko'rsatayotgan o'yinlariga bog'liq. Holat og'ir. Ammo ilojsiz ishning o'zi yo'q.

- 2017-2018 yilgi mavsumda Sizning qo'l ostingizdagi jamoa yaxshi o'yin ko'rsatgan va muxlislarning ishonchi katta edi. Bu Sizga bosim bermaydimi?

- Agarda muxlislar biroz sabr qilishsa, qo'llab-turishsa, stadionni to'ldirishsa, ularni xursand qilamiz. SHunchaki sabr, sabr va yana sabr kerak. Hozirdan vada beraman, hali biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика