So’nggi yangiliklar

00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  65

Ulug'bek Bakaev: "Professional futbolchi kerak bo'lsa darvozaga ham turishga tayyor bo'lishi kerak" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Professional futbolchi kerak bo'lsa darvozaga ham turishga tayyor bo'lishi kerak"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Buxoro" - "Turon" uchrashuvidan so'ng buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Kubok o'yini bo'lgani uchun yosh futbolchilarni sinab ko'rdik. Ular yomon o'ynashmadi, yana gol urishimiz mumkin edi, ammo bu futbol. Hakamning oxirgi hushtagigacha o'ynash kerak. Kim nimaga qodirligini ko'rib oldik, ular orasidan bazilarga Superligada ko'proq imkoniyat beramiz. Kubokdagi maqsadimiz guruhdan chiqish, hali hammasi oldinda. Bir ochko ham natija, barcha yigitlarga rahmat aytaman, stadionga kelgan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildiramiz.

- 28 raqamdagi futbolchi (Sohib Muhammadiev) haqidagi fikrlaringiz... 

- Yosh futbolchi, ko'rinib turibdi gol urishga istagi va xohishi juda katta, ammo mahorat va tajriba etishmadi. Umid qilamanki, o'yindan-o'yinga kuchayib boradi va jamoaga ko'proq foyda keltiradi.

- Iminov ikki o'yindan buyon o'ng qanot vingeri sifatida o'ynamoqda, ammo o'yini qovushmayapti. Balki uni markazga qaytargan maquldir... 

- Bizga hozir har bir o'yinda natija muhim, shu bois qaysidir futbolchini o'zi xohlagan joyda emas jamoaga foyda keltiradigan joyda o'ynatamiz. Professional futbolchi vaziyat taqozo etsa darvozaga ham turishga tayyor bo'lishi lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика