So’nggi yangiliklar

16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2

Ulug'bek Bakaev: "Klub bilan shartnomam yil oxirigacha amal qiladi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Klub bilan shartnomam yil oxirigacha amal qiladi"

"Paxtakor" - "So'g'diyona" o'yinidan (2:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Biz amaldagi chempionga qarshi o'ynadik. Yigitlarga raqib kichik xatoni ham kechirmasligini aytgandik. Birinchi taym boshida xato qildik va Hamdamov chiroyli gol urdi. Keyin kurashdik, ammo ikkinchi taymda ham xato, rekoshet va yana gol o'tkazdik. 

"Paxtakor" futbolchilarining mahorati bugun bizdan ustun edi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman, oldinda ikki o'yin qoldi va ularda munosib ishtirok etish kerak. 

- Mavsum oxiri lekin jamoa etakchilari ham tashabbusni o'z qo'liga olishni xohlashmadi... 

- Etakchilar ham odam. Balki charchashgandir, balki yana boshqa narsadir. Medallar uchun kurashdan chiqib bo'lgandik. Bugun g'alaba qozonganimizda to'rtlikka kirishimiz mumkin edi. 

- Keyingi rejalaringiz qanday? 

- Klub bilan shartnomam yil oxirigacha amal qiladi. Professional tarzda o'z ishimni bajaraman.

- Klub uchta frontdan birini qurbon qilib qaysidir musobaqada g'olib chiqsa bo'lmasmidi?

- SHunchaki xohish bilan bu narsa amalga oshmaydi. Sababi rahbariyat har bir o'yin va har bir musobaqada g'olib bo'lish vazifasini qo'ygandi. OFK kubogi va mamlakat kubogida munosib qatnashdik, bironta bahsda yutqazmadik faqat penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdik. Xatolar bo'ldi, yaxshi tomoni kelajakda bu xatolarni qilmaymiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика