Uli Xeness: "Men cho'chqani ishini qilgandim"
03 may 2014 00:33
Yangiliklar
Uli Xeness: "Men cho'chqani ishini qilgandim"
Barcha klubdagilar menga juda yaxshi munosabatda bo'lishadi. Hayotimda meni uch muhim ishim bor: oilamga, Audi kompaniyasi va albatta "Bavariya". Men hozir bemalol klub tark etmoqdaman. Klub ayni paytda ajoyib holatda. "Bavariya" har tomonlama ancha yuksaldi. Klub ishonchli qo'llarda. Biz o'tgan yili fantastik mavsumni o'tkazdik. So'nggi haftalardagi mag'lubiyatlar bularni buzib yuborishi kerak emas.
Men so'nggi vaqtlarda o'zim haqimda ancha o'ylab ko'rdim. Qilgan ishlarimdan afsusdaman. Men cho'chqani ishini qilgandim. Davlatdan 30-35 million evroni bekitib yurgandim. Bu ishimdan afsusdaman. Ushbu pullarni qo'limdan kelganicha to'lab beraman.
Men nafaqaga chiqishni rejalashtirganim yo'q. Umid qilamanki, yana hali sizlar bilan uchrashamiz.
Eslatib o'tamiz, Uli Xenessni mart oyida 3,5 yilga qamoq jazosiga xukm qilishgan edi. Uli Xeness "Bavariya"ning uy uchrashuvlariga tashrif buyurmoqda. Uli Xeness "Real" bilan o'yinni ham stadiondan turib kuzatdi. Mehmondagi o'yinlarini esa faqat radio orqali eshitish huquqiga ega "Bavariya"ning sobiq prezidenti.
Fikrlar