So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Ularning jasoratlari unutilmaydi Yangiliklar

Ularning jasoratlari unutilmaydi

Inson hamisha ezgulikka intilib yashaydi. Binobarin, ularning hayoti davomida amalga oshirgan ibratli va xayrli ishlari, mardlik va jasoratlari hech qachon unutilmaydi.

Bu azal-azaldan davom etib kelayotgan milliy qadriyat, urf-odatlarimiz sirasiga kiradi.

“GM Uzbekistan” akciyadorlik jamiyati Xorazm filiali tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mini futbol bo'yicha uyushtirilgan turnir yurtimiz tinchligi, elimiz osoyishtaligi yo'lida mardlik va jasorat ko'rsatib o'z jonini fido qilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati marhum xodimlari Sergey Davidov, Erik Gayazov va Sergey Nechipurenkoning porloq xotirasiga bag'ishlandi.

Filialning Pitnak shahridagi futbol maydonida uyushtirilgan mazkur musobaqada 10 ta jamoa qatnashdi. Mubolag'a emas, har bir uchrashuv qiziqarli va bayramona kayfiyatda o'tdi. Turnir g'olibligiga “Harbiy qism” jamoasi sazovor bo'ldi. Ikkinchi o'rin O'zbekiston yoshlar ittifoqi Hazorasp tumani kengashi futbolchilariga nasib etdi. Faxrli uchinchi o'rinni “GM O’zbekiston” AJ Xorazm viloyati filialining “Khorezm Auto” jamoasi qo'lga kiritdi.

- Ilk bor uyushtirilgan turnirimiz barchada qiziqish uyg'otdi, - deydi musobaqa bosh hakami Otabek Artikov. – Unda ko'plab jamoalar qatnashish istagini bildirishdi. Turnirning ochilish va yopilish marosimlari yuksak saviyada tashkil etildi. Kelgusida, musobaqani ananaga aylantirish niyatimiz bor. Zero, “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat”dir. Aminmizki, bunday musobaqalar yosh avlodni vatanimizga sadoqatli, xalqimizga mehr-muhabbatli va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, buning barobarida, hamyurtlarimizni tinchlik va osoyishtalikning qadriga etishida xizmat qiladi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика