So’nggi yangiliklar

15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  3 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  19 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  0 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13

Ular "sotqin" futbolchilar Yangiliklar

Ular "sotqin" futbolchilar

Sotqin - futbolda anchagina qo'pol so'z hisoblanadi.

Futbolchilar doimo klublarini almashtiraverishadi. bu oddiy hol. Ammo, shunday transferlar bo'ladiki, bir futbolchi ayni jamoasining asosiy dushmani bo'lgan jamoaga o'tadi.

"Manchester Yunayted"dan "CHelsi"ga, "Arsenal"ga, "Tottenxem"ga futbolchi o'tsa, muxlislarning reakciyasi unchalik katta bo'lmaydi. Agarda futbolchi MYUdan to'g'ri "Siti"ga, "Real"dan "Barselona"ga o'tsa, ana vahima boshlanadi.

Futbolda shunday transferlar bo'lgan. Quyidagi transferlardan ko'pchiligini bilsangiz kerak.

1) Sol Kempbell

Sol yoshlik davrlarida "Tottenxem" akademiyasida shug'ullanardi va keyinchalik jamoaning asosiy tarkibiga o'tdi. 9 mavsum davomida u "shporlar" tarkibida 315 o'yinda qatnashdi. Muxlislar uni juda ham yaxshi ko'rishardi. Undan tashqari, u 25 yoshidayoq jamoaning asosiy tayanchi va sardoriga aylanib bo'lgandi.

2001 yilda Sol "Tottenxem"ning ashaddiy dushmani va raqibi hisoblangan "Arsenal" safiga borib qo'shilgani muxlislar uchun qiziqarli va og'riqli bo'ldi. Ikki tomon o'rtasidagi nafrat o'sha paytlarda shunchalar yuqori ediki, hatto muxlislar ham ko'chada janjallar uyushtirishardi.

Ikki jamoa o'rtasidagi ilk o'yinda "Tottenxem" muxlislari Solga atab, "sotqin" bannerini ko'tarib olishdi. SHundan buyon u "Tottenxem" muxlislari tilida shu nom bilan eslanadi.

2) Luish Figu

"Barselona"dagi 5 mavsumlik faoliyatidan keyin Figu jahon darajasidagi top-futbolchiga aylandi. U jamoa bilan 7 sovringa ega chiqdi. Tribuna doimo uni yuqori saviya bilan qarshi olardi. Biroq...

...2000 yilning yozida ularning Figuga bo'lgan muhabbati nafratga aylandi. Mo'maygina taklifdan keyin Figu "ko'k-anorranglilar" safini tark etib, "Real"ga o'tib ketdi.

SHundan buyon u "Kamp Nou"ga qaytsa, muxlislar tomonidan "iliq" qarshi olinadi. U tomon haqoratlar aytilib, turli xil buyumlar otiladi.

3) Karlos Teves

Argentinalikning Angliyadagi faoliyati "Vest Xem"da boshlangan. Biroq tez fursatlarda uning o'yini grand jamoalar darajasida ekanligi ko'rindi. SHu orqali u MYUga o'tdi va 2 yilda 2 bora APL chempionligini qo'lga kiritdi va bir bora ECHL bosh sovriniga ega chiqdi.

Biroq o'sha vaqtlarda u "Manchester Yunayted"da ijara asosida o'ynardi va mankunianliklar Karlosni sotib olish uchun qattiq harakat qilishdi. Biroq u kutilmaganda "Manchester Siti"ni tanladi. Futbolchining keyingi hayoti esa xavf ostida qoldi.

"Siti"ga o'tganidan keyin u "Yunayted"ga qarshi ko'r hunarlar ko'rsatdi. U "Siti" bilan chempionlikni nishonlayotganda qo'lida "R.I.P. Fergie" yozuvini ko'tarib olganini barcha eslasa kerak.

4) Mario Gyotce


"Borussiya"dan "Bavariya"ga futbolchilarning transferi tez-tez kuzatiladigan holat. Ammo Mario "Borussiya"ning "toza mahsuloti" hisoblanadi. U 9 yil davomida dortmundliklar tarkibida o'ynadi va asosiy jamoaning yuragiga aylangandi.

Muxlislarning unga bo'lgan muhabbati "Bavariya"ga o'tguniga qadar davom etdi. Fakt shundaki, futbolchining transferi "Borussiya" muxlislari uchun anchagina og'riqli o'tdi. Lekin...

Futbolchi 3 yilda Dortmundga qaytdi. O'shanda u "Bavariya"ga o'tganidan qattiq afsuslanganini aytgandi.

5) Gonsalo IguainNeapoldagi 3 mavsumlik faoliyati davomida Gonsalo "Napoli" muxlislarining haqiqiy qahramoniga aylangandi.

U jamoa tarkibida 146 o'yinda 91 gol urdi va ko'plab gollarga assistentlik qildi. Ammo Iguain keyinchalik jamoa muxlislari uchun eng yomon yo'lni tanladi. "Yuventus"ni "Napoli"dagilar o'lguday yomon ko'rishardi. 

Gonsaloning transferidan keyin muxlislar uning rasmlarini yoqishganini va o'lim tilashgani, shuningdek, uning rasmidan hojatxona qog'ozlari tayyorlashgani orqali unga bo'lgan munosabatini tushunib olish mumkin.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика