Ukraina chempionati, 12-tur. "Vorskla"da mag'lubiyat, Sanjar Tursunov to'liq o'ynadi
05 dek 2015 18:53
Yangiliklar
Ukraina chempionati, 12-tur. "Vorskla"da mag'lubiyat, Sanjar Tursunov to'liq o'ynadi
Ukraina chempionatining qoldirilgan 12-turida hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Vorskla" klubi o'z uyida "Zarya"ni qabul qildi.
Musobaqa jadvalida "SHaxtyor" va "Dinamo"dan keyingi o'rinni egallab turgan "Zarya" o'yinda 2:0 hisobida zafar quchdi. Sanjar Tursunov "Vorskla" safida to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. "Vorskla" 25 ochko bilan 5-o'rinda qoldi.
Ukraina chempionati
12-tur
Vorskla – Zarya 0:2
Gollar: 0:1 – 54 Budkovskiy, 0:2 – 74 Gordienko.
Vorskla – Bogush, Sapay, Dallku, Siminin, Dityatev, Gromov, CHesnakov, Bartulovich (Barannik, 68), Sklyar (Kovpak, 78), Sanjar Tursunov, SHinder.
Zarya – SHevchenko, Sivakov, Opanasenko, Gordienko, Kamenyuka (Doroshenko, 90), Grechishkin, Malinovskiy, Petryak (Lyubenovich, 76), Karavaev, Lipartiya (Yarmash, 83), Budkovskiy.
Ogohlantirishlar: Gordienko (35), Opanasenko (70), Siminin (73), SHevchenko (90).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar