Uilshir faoliyatini Daniyada davom ettiradi
21 fev 2022 11:48
Yangiliklar
Uilshir faoliyatini Daniyada davom ettiradi
"Arsenal" va Angliya terma jamoasi sobiq xavbeki o'ziga yangi klub topdi.
30 yoshli yarim himoyachisi Daniyaning "Orxus" klubi o'yinchisiga aylandi. Jek Uilshirning shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish mo'ljallangan. Bu haqda "Orxus" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uilshir "oqlar" tarkibiga erkin agent maqomida o'tdi - u o'tgan yilning yozidan beri klubsiz yurgan edi.
Uilshir oldin shuningdek "Bornmut", "Vest Xem" va "Bolton" jamoalarida to'p tepdi. U APLda 182ta o'yin o'tkazgan. Uning hisobida Angliya terma jamoasida 34ta o'yin va 2ta gol bor.
Fikrlar