Uilfrid Zaa tez orada "Galatasaroy" futbolchisiga aylanadi
23 iyu 2023 21:37
Yangiliklar


Uilfrid Zaa tez orada "Galatasaroy" futbolchisiga aylanadi
Futbolchi "Kristal Pelas"ni tark etishga yaqin.
"Galatasaroy" klubi Uilfrid Zaani o'z tarkibiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Taniqli insayder Fabricio Romano ushbu transfer amalga oshishi shunchaki vaqt masalasi ekanligini malum qildi.
Insayderning malumotlariga ko'ra, ikki tomon o'zaro kelishib olgan. Hujjutlar tez orada imzolanadi. "Galatasaroy" tibbiy ko'rikni rejalashtirmoqda. Uilfrid Zaa va "Galatasaroy" uch yilik shartnoma imzolashadi.
Zaa "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u erda 13 mavsum o'tkazdi. 30 yoshli ivuarlik futbolchi so'nggi mavsum barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Oldingi ikki mavsumda u jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar