So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  125 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Uik-end bezagi bo'lishi kutilayotgan "Old Trafford"dagi uchrashuv prevyusi Yangiliklar

Uik-end bezagi bo'lishi kutilayotgan "Old Trafford"dagi uchrashuv prevyusi

Bugun Angliya Premer-ligasida 10-turga start beriladi.

Tur markaziy o'yin bilan boshlanadi. Turnir jadvalida yonma-yon joylashgan "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" o'zaro "Old Trafford"da bellashadilar. Quyida ana shu uchrashuvga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 10-tur

"Manchester Yunayted" – "Tottenxem"

28.10.2017, 16:30

"Old Trafford"

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

Premer-liga muxlislari turni super o'yinni tomosha qilish bilan boshlashadi. Ko'pchilik, MYUning "Liverpul" bilan o'yinidan kelib chiqib bunday bo'lmasligi ehtimoli bor deyishi mumkin. Lekin, bugun Mourino shogirdlari o'z maydonlarida o'ynashadi va "Orzular teatri" "avtobus"ni qabul qilmaydi. "Qizil iblislar" hujumkor o'yin ko'rsatishadi, "Tottenxem" esa istalgan bahsda o'z omadini faqat hujumda izlaydigan klub. Bu esa o'yin qiziqarli va tomoshabop o'tishini kafolatlaydi.

Mezbonlarda jarohatlangan tarkibi ancha katta: Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Maruan Fellayni, Maykl Kerrik va Markos Roxo. Erik Bayi va Fil Jons esa nihoyat tiklandi va maydonga tushishga tayyor. Katta ehtimol bilan Mour himoya markazida Smolling - Bayi juftligidan foydalanadi. Lukaku, Mxitaryan va Reshfordning formasini inobatga olsak, londonliklar himoyachilariga bugun anchagina ish topiladi.


"Tottenxem" tarkibida esa bugungi kunda jamoaning asosiy yulduzi hisoblangan Xarri Keyn tizzaosti mushaklaridagi jarohat sabab o'ynay olmaydi. Huddi shunday shikastlanish Viktor Vanyamada ham bor. Pochettino bugun uchta markaziy himoyachidan foydalanadi. "SHporlar" himoyasi hozir Manchester jamoalaridan keyin eng ishonchlisi bo'lib turibdi. Hujumda Keynning o'rnini hech kim to'ldira olmasligi aniq. Xarrining yo'qligi bugun qanot hujumchilariga qo'shimcha vazifa yuklaydi. Son Xyon Min markaziy hujumchi rolini bajarsa, unga Eriksen va Allilar doimiy tarzda yordam kelishlari talab etiladi. Aks holda, raqib himoyachilari qitadoshimizga imkon bermasligi mumkin.

O'tgan turda "Xaddersfild"dan mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni qabul qilib olgan MYUni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Hafta o'rtasida Liga kubogida "Suonsi"ning mag'lub etilishi o'yinchilarga kayfiyat qo'shgani aniq. "Tottenxem" esa Liga kubogida hamshahari "Vest Xem"ga 2:3 hisobida yutqazib yo'qdi. Keynsiz o'tgan birinchi o'yindayoq jamoa yutqazdi.

APL turnir jadvalida ikkinchi va uchinchi o'rinda borayotgan jamoalar bahsi uik-end bezagi bo'lishi kutilmoqda. Har ikki jamoa joriy mavsum kuchli o'yin ko'rsatmoqda. Ko'ramiz, bugun kimning ko'chasida bayram bo'lar ekan.



Qiziq:

- "Manchester Yunayted" Premer-ligada "Tottenxem"ga qarshi oxirgi 25ta uy uchrashuvidan 20tasida g'alaba qozongan (20 g'alaba, 3 durang, 2 mag'lubiyat);

- "SHporlar" shu yilning 14 mayida MYUni "Uayt Xart Leyn"da 2:1 hisobida mag'lub etishgan. Bugun ham bu ishni uddalashsa, "qizil iblislar"dan birinchi bor ketma-ket ikki o'yinda ustun kelgan bo'lishadi;

- Maurisio Pochettino APLda hammadan ham ko'proq Joze Mourinoga yutqazgan - 4 marotaba.



Murabbiylar fikrlari:

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Biz uyda kuchli va ishonchli jamoamiz. Bu safar ham o'shanday bo'lishiga harakat qilamiz".

Maurisio Pochettino ("Tottenxem"): "Keynning o'ynamasligi bahona emas. Bizda Fernando Lorente, Son Xyon Min va yana variantlar bor. Jamoa uchun eng maqul qarorni qabul qilamiz".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика