Uganda bosh murabbiyi: "Katanec bilan do'stmiz. Lekin maydonda raqibga aylanamiz"
24 mar 2022 11:02
Yangiliklar
Uganda bosh murabbiyi: "Katanec bilan do'stmiz. Lekin maydonda raqibga aylanamiz"
Unda ishtirok etadigan terma jamoalar navbati bilan etib kelishdi. Kuni kecha yurtimizga kelgan Uganda terma jamoasi ilk uchrashuvni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs oldidan ugandaliklar bosh murabbiyi Milutin Sredoevich fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi navbatda taklif uchun O'zbekiston futbol associaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, musobaqa biz uchun bo'lajak rasmiy uchrashuvlar oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
O'zbekiston terma jamoasi haqida ancha malumotga egaman. Ayniqsa Srechko Katanec haqida. CHunki u vatandoshim va bolalikdagi do'stim hisoblanadi. Maydonda biz raqibga aylanamiz. Ishonchim komilki, O'zbekistonni sifatli murabbiy boshqarmoqda. Uning etishtirgan futbolchilari bunga misol. Ammo bu malumotlar emas, maydondagi o'yin hamma narsani hal qiladi.
Mamlakatingiz va shahringiz haqida do'stlarimdan iliq fikrlar eshitganman",- deydi Sredoevich.
Fikrlar