"Ufa" Vasiylik kengashi vakili koronavirusga chalinganlar borasidagi xabarga bayonot berdi
21 iyu 2020 10:49
Yangiliklar


"Ufa" Vasiylik kengashi vakili koronavirusga chalinganlar borasidagi xabarga bayonot berdi
"Ufa" Vasiylik kengashi vakili Rostislav Mirzagulov jamoa futbolchilari orasida koronavirusga chalinganlar borasidagi xabarni inkor qildi.
"Fakt shundaki, o'yinga yaqin qolganda bizga qarshi provokacion xabarlar ko'payib ketmoqda. Bizda hali koronavirus bilan bog'liq muammolar paydo bo'lmagan.
Ayrim insonlar Rossiya futbolini ikki baravar sharmanda qilib, bizning ham yosh bolalar bilan o'ynashimizni istamoqda.
Ishonch bilan ayta olamanki, bizda virusga chalinganlar yo'q. "Ufa" futbolchilari ham sog'lig'i ham jismonan yaxshi holatda. Bugun chiroyli o'yin bo'ladi", - dedi Mirzagulov.
Eslatib o'tamiz, "Ufa" tarkibida hamyurtimiz Oston O'runov ham harakat qilmoqda.
"Ufa" rasmiy tvitteri ham uchrashuv o'tkazilishini malum qildi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 7

Fikrlar