So’nggi yangiliklar

23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  2 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  4 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  3 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  8 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  3

Ueyn Runi bilan intervyu Yangiliklar

Ueyn Runi bilan intervyu

Teglar :  Ueyn Runiintervyu
“Manchester Yunayted” sardori Ueyn Runi muxlislardan kelgan savollarga javob berdi.

Unda Runi eng sekin va tez o'yinchilar, sevimli musiqasi, goli, Joze Mourino, Ibragimovich va boshqa turli mavzularda berilgan savollarga fikrlarini aytib o'tdi.


– Joze Mourino bilan ishdan qanday taassurotlarga egasiz?

– Barchasi ajoyib. Qo'limizni tushirmasdan ishlayapmiz. Endi uning barcha sobiq klublari bilan nega muvaffaqiyatga erishgani tushunarli. Uning qo'l ostida keyingi uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutyapman.

– Maydonda qanday qilib etakchiga aylandingiz? Buni o'rgandingizmi yoki hammasi o'z-o'zidan sodir bo'ldimi?

– O'z-o'zidan. Roy Kin, Gari Nevill, Stiven Jerrard va boshqa o'yinchilar o'zini qanday tutishini kuzatdim – bu izsiz ketmadi. Jamoadagi sheriklarim mendan nima kutishi va ulardan nima kutishimni tushunib etdim.

Xayriya fondingiz Afrikada ishlaydimi?

– Hozircha biz men va oilamga aloqasi bor bolalar bilan ishlayapmiz. Ayni paytda bu mahalliy toifada amalga oshirilmoqda. Kelajakda kengayishni rejalashtiryapmiz. SHu jumladan, Afrika hududida ishlashni ham.

– Eng sevimli o'yiningiz qaysi?

– Moskvada “CHelsi”ga qarshi CHempionlar ligasi finali. O'yin oson kechmagan, penaltilar seriyasi hammasini hal qilgandi. Yutqazadiganga o'xshagandik. Lekin o'sha g'alabadan keyin barcha ishonib bo'lmas hislarni tuydi. Boshqa uchrashuvlarda bunday rohatlanish bo'lmagandi.

“MYU”ning eng tez futbolchisi kim?

– Antonio Valensiya, Antoni Martial, Lyuk SHou.

Jamoa futbolchilari odamda nima istemol qilishadi?

– Meva, yogurt bilan nonushta qilamiz. Tushlikda spagetti, tovuq go'shti, baliq eyish mumkin. Kechki ovqatda esa tovuq va sabzavotlar. Hammasi oddiy, hatto etmaydigandek tuyuladi. Muhimi holatni birdek saqlash.

– Qanday musiqa tinglaysiz?

– Indi-rokni yoqtiraman: Jeyms Bey, Ed SHiran, Stereofoniks. Men uchun bu eng yaxshi musiqa. Ular kulay olishadi, cholg'ularni chalishadi va shu bilan boshqa musiqachilardan farq qilishadi.

“Yunayted”ning eng sekin futbolchisi kim?

–Deyli Blind (kuladi). U barchasini tez o'ylashi bilan maromga keltiradi.

Bu mavsum sizdan o'ziga xos gollar kutsak bo'ladimi?

– Umid qilamanki, ha. Har bir urilgan gol yoqimli. Qiyin uchrashuvda g'alaba goli tasavvur qilish mumkin bo'lganidan yaxshiroq. Bunday to'plar uzoq vaqt esda qoladi.

Qaysi golingiz xotirannizda saqlanib qolgan?

– “Manchester Siti”ga qarshi chalqanchasiga urgan golim eng yaxshisi. U derbida bizga g'alaba keltirgan. Eng ko'p saqlanib qolgani esa 19-chempionlik keltirgan uchrashuvda “Blekbern” darvozasiga penaltidan kiritgan to'pim.

Qachondir murabbiy bo'lishni xohlarmidingiz?

– Ha. Futbol – butun hayotim. Murabbiy licenziyasini olishga umid qilaman. Faoliyatimni tugatganimda bu bilan shug'ullanaman. Kimdir menga shunday imkon taqdim etsa, bu bilan mashg'ul bo'laman.

– Zlatan Ibragimovich bilan birgalikda o'ynash xohishi kuchlimi?

– Ha. Uni jahonda oxirgi o'n yillikda eng yaxshi hujumchilardan biri deb hisoblayman. U har bir klubida sovrin yutgan. Umid qilamanki, biz chiqishib ketamiz.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика